Jamg‘arma faoliyatidan (2013-35)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Amudaryo tumani Bo‘ston ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan Bo‘ston qishloq vrachlik punktida aholi o‘rtasida nikoh yoshiga yetmagan qizlarni sha’riy nikoh orqali erta turmushga berish xolatlarining oldini olish, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularni majburiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olish, onalik va bolalikni muhofaza qilish mavzularida davra suhbati o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Rishton tumanidagi Amirobod, Cho‘ng‘ara va Bo‘ston qishloq fuqarolar yig‘inlarida jami 378 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, farzand tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish mavzularida tadbir o‘tkazildi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Yangibozor tumani Bo‘zqal’a mahallasida «Qudratimiz birlik va hamjihatlikda» va «Shu aziz Vatan barchamizniki» mavzularida millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Mirzaobod tumanidagi Iqtisodiyot kollejida mus­taqilligimizning 22 yilligi munosabati bilan «Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston!» shiori ostida «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi. Tadbirda taniqli shoira Hayotxon Ortiqboyeva va Guliston davlat universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Toshkent viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Angren shahridagi Famarchuq, Kattaqo‘rg‘on, Jigariston va Nishbosh mahallalarida istiqomat qiluvchi 333 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, Angren shahridagi harbiy qismdagi 109 nafar harbiylarning oila a’zolari ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Bu yorug‘ olamda Vatan bittadir

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: