O‘riklisoy

(Bolajonlarga)

 

O‘riklisoy, O‘riklisoy,

Suvi yugurikli soy.

Ulkan xarsang toshlari,

Havolari erkli soy.

Sharqiraydi yoniq soy,

Yarqiraydi sim-sim oy.

Yo‘li uzun, quyoshli,

Tinch osmoni tiniq soy.

O‘riklisoy, O‘riklisoy,

Eli qadim turkli soy.

Tik tog‘larga tirmashar

Archalari ko‘rkli soy.

Tun bag‘rida nursan, soy,

Mehri o‘chmas – qo‘rsan, soy.

Azizsan har yurakka,

Tuprog‘i zar, dursan, soy!

 

Oygul SUYUNDIQOVA,

shoira

Yana o‘qing:  SHOIRLARNING BOLALARGA TUHFASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: