Kichkintoyning sevimli mashg‘uloti. Uni orzularidan mosuvo qilmang

Ular 2-3 yoshidan boshlab o‘zi yoqtirgan, jumladan, konstruktor, kinder yoki harbiylarga xos bo‘lgan o‘yinchoqlarni o‘ynashni xohlaydi. Bora-bora ularda sevgan mashg‘ulotiga nisbatan ishqibozlik shakllana boradi. Xo‘sh, bolalarda bu holatni qanday payqash mumkin?

 

Bolalarda turli o‘yinlarga qiziqishning belgilari:

– Har doim o‘zining eng yaxshi ko‘rgan qahramoni haqida gapiradi, suhbatni o‘sha mavzuga olib borishga harakat qiladi;

– sevimli qahramoni bilan bog‘liq narsalarni yig‘adi;

– o‘zini sevimli qahramon kabi tutishga intiladi.

 

Ota-ona uning sevimli multfilmidagi qahramon tasvirlangan o‘yinchoq yoki Lego konstruktorining navbatdagi to‘plamini olib berganida bola xursand bo‘ladi. To‘g‘ri, kun davomida qiziqqan mashg‘uloti orqali uning tarbiyasini boshqarishda (manipulyasiya) ijobiy natijaga erishasiz. “Agar o‘yinchoqlaringni yig‘ishtirib, saranjom qilib o‘ynasang, yana yoqtirgan boshqa o‘yinchog‘ingni olib beraman” desangiz bormi, farzandingiz bu mukofotni olishi uchun sizning barcha topshirig‘ingizni astoydil bajarishga harakat qiladi.

 

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, siz bu holatda to‘g‘ri yo‘l tutayapsizmi? Balki, buning aksini qilgan ma’quldir?!

Mutaxassislarning fikricha, bolalarda sevimli o‘yinchog‘iga bog‘liqlik uning ruhiyatiga salbiy ta’sir etmaydi. Aksincha ushbu holat kichkintoylar ongini rivojlanishining me’yoriy bosqichi hisoblanadi. Bu paytda bolaning qiziqishlari bilan o‘rtoqlashish, unga alohida e’tibor qaratish, sevimli o‘yinchoqlari bilan o‘ynashiga sharoit yaratish, kichkintoyni bolalikdan o‘smirlikkacha bo‘lgan davrdagi ehtimoliy inqirozlardan asrashi mumkin.

 

Ota-onalar uchun foydali maslahatlar:

– bola o‘zini qiziqtirgan mashg‘ulot bilan uzoq vaqt ovunishi mumkin. Buni to‘g‘ri qabul qilish, aksincha o‘zgartirishga harakat qilmaslik, bolani sevimli mashg‘ulotidan voz kechishga majburlamaslik zarur.

– dilbandingizni ko‘nglini ko‘tarayotgan mashg‘ulotning ijobiy tomonlarini topishga harakat qiling.

– farzandingizni barcha orzularini qabul qilgan holda bu bosqichni u bilan birga bosib o‘tishga o‘zingizda kuch toping.

– bolaning orzusidagi shaxsni hech qachon haqorat qilmang.

 

Bir so‘z bilan aytganda bolani barcha qiziqishlari, orzulari bilan birga qabul qilish kerak. Ana shunda u sizga ishonadi.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  O‘g‘ri xonadon egasining o‘g‘li bo‘lib chiqdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: