SARCHASHMA

Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir.

Abdulla Avloniy.

Yaqinda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Sevinch” nomli 475-maktabgacha ta`lim muassasasida bo‘ldik.

Mazkur muassasaga kirib borar ekansiz, xuddi sog‘lomlashtiruvchi dam olish maskaniga kelib qolgandek bo‘lasiz. Hovliga soya solib turgan daraxtlar, anvoyi gullar kishi bahri dilini ochadi. Ertalabdan ochiq chehra, shirin muomala bilan bolalarni kutib olayotgan tarbiyachilar o‘z zimmasidagi mas`uliyatni bajarishga tayyor.

O‘ttiz yildan ortiq mehnat faoliyatiga ega bo‘lgan muassasa mudirasi, “Xalq ta`limi a`lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi, talabchan, shijoatli Gulira`no Ziyamovaga bir necha savollar bilan murojaat qildik:

– Gulira`no Sirojiddinovna, muassasa faoliyati va unda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida nimalar deya olasiz?

– “Sevinch”nomli 475-maktabgacha ta‘lim muassasasi ko‘p yillardan buyon faoliyat yuritadi. 240 nafar bolalarni o‘z bag‘riga olgan bu boshlang‘ich tarbiya o‘chog‘i mustaqillikdan keyin ko‘pgina o‘zgarishlarga yuz tutdi. Chilonzor tuman hokimiyati tomonidan ajratilgan mablag‘ bilan bog‘cha to‘liq qayta ta`mirlandi. Kompyuter xonalari tashkil qilindi. Sport xonalari qayta jihozlandi. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi. Yuzdan ortiq mevali daraxtlar hosilga kirgan. Oshpazlarimiz mevalardan sharbat tayyorlab qishga saqlab qo‘yishadi.

– Tarbiyalanuvchilar dunyoqarashini o‘stirishda nimalarga alohida e`tibor berilmoqda?

– Albatta, birinchi navbatda, o‘tkaziladigan tadbirlarning sifatiga, o‘yinlarning qiziqarli bo‘lishiga, qolaversa, bolalarning muomala va muloqot qilishlariga katta e`tibor qaratilmoqda.

– Fikrlashda tengdoshlaridan ortda qoladigan bolalar ham bormi?

– Yo‘q desam xato bo‘ladi. Ular bilan psixolog Venera Xuziaxmetova alohida shug‘ullanadi. Logoped guruhlarda alohida ish olib boriladi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

– Ish jarayonida xodimlardan nimani talab qilasiz hamda nimani qat`iy ta`qiqlaysiz?

– Avvalo, ish faoliyatimda tartib bo‘lishni istayman. Har bir xodimga o‘z vazifasini erinmay uqtirib turaman, rejali bo‘lishga chaqiraman. Tarbiyachilarning bolalar tarbiyasiga ma`suliyatsizlik bilan yondoshishini ta`qiqlayman. Ba`zi oilalarda ota-onalar o‘z-yumushlar bilan bo‘lib bolasiga kam vaqt ajratishadi. Bolaning ko‘ngli to‘lgancha mehr bera olishmaydi. Ana o‘sha yetmay qolgan mehrni biz berishimiz kerak.

– Faoliyat jarayonida qanday muammolarga duch kelyapsiz?

– Har qanday muammoni imkoni boricha o‘zimiz hal qilamiz. Ba`zi muammolar ustida ota-onalar ham qarab turishmaydi. Maqsad – bolalarning ikkinchi uyidek bo‘lib qolgan muassasa sharoitini yanada yaxshilashdir. Umuman olganda bu maskanda barcha sharoit bor. Biz esa faqat ishlash va yana ishlashimiz kerak.

Яна ўқинг:  Болалар ўйинлари: дардни ҳаракат билан енгамиз

– Bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishi qanday?

– Juda yaxshi.Sportga deyarli barcha tarbiyalanuvchilar qiziqishadi.Yaqinda bo‘lib o‘tgan “Dadam,oyim va men-sportchilar oilasimiz” mavzusida asfaltga rasm chizish musobaqasida bolalar bilan birgalikda ota-onalar ham faol ishtirok etishdi. Bundan tashqari, tumanlararo o‘tkazilgan bir necha sport musobaqalarida ham faxrli o‘rinlarni egallab kelganmiz.

“Mustahkam oila yili”da bu kabi tadbirlar albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi.

* * *

Jamoaning ahilligi bois, bu yerda uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar talaygina ekanligining guvohi bo‘ldik.

Shu jumladan, xo‘jalik ishlari bo‘yicha Sevara Otajonova, tarbiyachilar Lilya To‘raboyeva, Veronika Savelyeva, Svetlana Russkix, musiqa rahbari Antonina Nesterovalar bilan ham muloqotda bo‘lib, ularning bolajonligi, bog‘cha deb atalmish maskanni muqaddas deb bilishini tushundik. Nihoyatda fayzli bo‘lgan bu tarbiya maskanida go‘zallikka intilish katta. Axir jajji bolajonlar go‘zallikni ko‘rib, nafosatni his etib, yuksak orzulari yo‘lida dadil borishadi.

Nigora RAHMON

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: