Yo`g`-e! (2013-34)

Televizor va bolalar

Kanadalik olimlarning aniqlashicha, bolalarning televizorni me’yoridan ortiqcha ko‘rishi, kelajakda salbiy oqibatlarga olib keladi. Agar yosh bola televizor qarshisida ko‘p vaqtini o‘tkazsa, kelajakda so‘zlashuv zahirasi kamayadi, diqqatli bo‘lish hissi pasayadi va matematik qobiliyati zarar ko‘radi, deya xabar beradi MedDaily.

Ikki yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga ikki soatdan oshiq televizor ko‘rishni tibbiyot xodimlari qat’iyyan ta’qiqlashadi.

Tadqiqot rahbari, Monreal universiteti professori Linda Paganining so‘ziga qaraganda, televizor qarshisida o‘tkazilgan har bir ortiqcha vaqt keyinchalik salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. Bu yoshda miya odamlar bilan muloqat qilish va olamni tanish kabi hodisalarni o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Televizor esa bolani ijtimoiy hayotda harakat qilishga o‘rgatmaydi. Shuning uchun kelajakda «telebola»ni autsayder roli kutmoqda.

Qushqo‘nmasning “qarindosh”i

O‘zimizning qushqo‘nmas gulining akasi borligi haqida eshitganmisiz? Qarang-a, shunaqasi ham bo‘lar ekan. Qushlar, ayrim hayvonlar turli daraxtlarga chiqib yurishni xush ko‘radi. Biroq Hindistonda o‘sadigan bir daraxtga na qush qo‘nadi, na bir jonzot o‘rmalaydi. Odamlar ham undan xavfsirab, o‘zini ehtiyot qiladi. Sababi, mazkur daraxt tanasiga tegilganda, kishini esankiratadigan darajada tok uradi. Shuningdek, u kompas millariga 15-20 metr naridan ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Daraxt­da hosil bo‘ladigan elektr kuchlanish har doim ham bir xil bo‘lavermaydi, kunning qoq peshin paytida uning kuchlanishi yuqori darajaga ko‘tarilsa, yarim tunda nisbatan pasayadi. Noyob daraxtning ana shu xislatlari sabab, ko‘pchilik undan o‘zini olib qochadi.

Yuvosh akula

Ma’lumki, akulalar go‘shtxo‘r hayvonlar hisoblanadi. Ammo Angliyaning Birmingem shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi Floranse laqabli akula vegetarian bo‘ldi. Uzunligi 2 metr keladigan ulkan akula o‘ziga tashlangan baliq va sakkizoyoqlarga qaramay qo‘ydi. U faqat non ushog‘i va turli o‘simliklardan qilingan salatlar bilan oziqlanmoqda. Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishiga qaraganda, Floranse avvallari yeb yurgan baliqlarga parvo ham qilmay qo‘ydi. Akulalar insonlarga hujum qilishi bilan ham mashhur, Floranse vegetarian bo‘lganidan so‘ng juda yuvvosh bo‘lib qoldi. Qoyil shunaqasi ham bo‘lar ekanda?!

Yana o‘qing:  Ijodga undayotgan ulug‘ qadriyat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: