Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan “Issi’k-Kul sobirayet druzey – 2018” xalqaro etno-karnavalda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanining 17-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari jamoaviy chiqishda “Narodnoye instrument” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, mazkur maktab o‘quvchisi Shaxsanem Seytova yakkaxon ijroda 2-o‘rinni egalladi. O‘zA muxbiriga bu haqida tadbir ishtirokchilari Bishkek shahridan telefon orqali ma’lum qildi.

Etno-karnaval Qirg‘iziston, MDH va xorijiy davlatlarning etnomadaniy xususiyatlarini o‘rganish, tiklash va saqlab qolish, mamlakatlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarni mustahkamlash, turli mamlakatlar yoshlari o‘rtasidagi madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, badiiy va ijodiy, musiqiy, vokal, xoreografik mahoratlarini oshirish hamda sayyohlik ko‘nikmalarni takomillashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro etno-karnaval 20 iyulga qadar davom etadi.

Yana o‘qing:  Cho‘milish – tanga rohat, ammo u xavf-xatardan xoli emas

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: