Bolalarda burun nega qonaydi?

uning sabab va oqibatlari

 

 Ayni jazirama yozning issiq kunlarida yosh bolalarda tez-tez uchraydigan salbiy holatlardan biri burundan qon kelishidir. Bunday holatda ota-ona uy sharoitida bolaga qanday yordam ko‘rsatishlari kerakligi haqida shifokor otoloringolog Nilufar Alimardonova quyidagilarni tavsiya etdi.

Burun qonashi qon ketishi bilan kechuvchi kasalliklar ichida birinchi o‘rinda turadi. Umumiy LOR kasalliklari ichida esa bu xastalik 3-5 fozni tashkil etadi. Bu a’zodan qon ketishi bolalarda tez uchrab turadigan holat bo‘lib har bir ota – onani xavotirga soladi. Bolalarda burundan qon ketishi to‘satdan yoki shikastlanish sababli yuzaga kelishi mumkin. Uning sabablari mahalliy va umumiy turlarga bo‘linadi.

 

1.Burun to‘sig‘i old qismidagi tomir chigali juda yuza joylashganligi sababli burunni tez qonashiga olib keladi. 90 foiz qon ushbu sohadan ketadi.

2.Qon ketishiga yana bir sabab burun ichini shikastlanishi hattoki, bola burnini yengilgina kavlagani uchun ham shilliq qavat jarohatlanishi mumkin

3.Burun ichiga yot jism tushishi natijasida ham bolalarning burnidan qon ketadi. Odatda bunday holatda burundan qon ajralma aralash keladi. Bir necha kun yot jism ushbu a’zo ichida qolib ketsa bolaning nafas olishi qiyinlashib, undan badbo‘y hid keladi.

4.Yana burunning xavfli yoki xavfsiz o‘sma kasalliklarining rivojlanishi sabab ham burundan qon ketadi.

5.Xona namligining haddan ziyod kamayib ketishi yoki jaziramada shilliq qavat va undagi tomirlar devorining qurishi natijasida ham burun to‘satdan qonashi mumkin.

 

Shuningdek, bola organizmidagi qon tomir kasalliklari, qon yaratish a’zolari kasalliklari, jigar, buyrak hamda gipovitaminoz (vitaminlar tanqisligi) natijasida ham ushbu salbiy bu holat kuzatiladi.

 

Albatta, har qanday organizm uchun normal bo‘lmagan holat ya’ni, patologik holatga jiddiy qarash kerak. Stress (ruhiy zo‘riqish) natijasida organizmda mavjud bo‘lgan kasalliklar qo‘zg‘alishi mumkin. Odatda tez-tez burundan qon ketishi ayniqsa, yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Bunga ham sabab yuqorida aytganimizdek, bemorning burni jarohatlanishi ya’ni, uni karovat to‘sig‘iga urib olishi natijasida ba’zan yiqilib tushishi sabab bo‘lsa, qishki paytlarda xonani haddan ziyod isitib, havoni quritib yuborish natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.

Yana o‘qing:  Stressdan qutilish mumkinmi?

Burundan qon ketgan vaqtda eng asosiysi ota-onalar o‘ta xavotirlanmaslikgi va o‘z hatti-harakatlarini nazoratda ushlashi muhim. Agar bola onaning ahvolidan sarosimaga tushganini sezib qolsa, uning ahvoli yana jiddiylashishi mumkin. Burundan qon ketgan paytda uni tinchlantirib yarim o‘tirgan holda gavdasini biroz oldinga bukib, uni boshini pastroq egishi kerak. Burunning qaysi tomonidan qon ketayotgani aniqlanib, ushbu a’zoning qanoti qo‘l bilan mahkam bosib turiladi. Keyin 5-10 daqiqa davomida burun ustiga sovuq suv bilan namlangan mato yoki muz bo‘laklari solingan xaltacha qo‘yiladi. Agar shunda ham qon ketishi davom etsa, burun ichiga steril paxtadan yasalgan tomponi 5-10 daqiqaga qo‘yish zarur.

Odatda onalar bolaning burnidan qon ketsa uning ichiga tampon qo‘yib, bemorning boshini orqaga ya’ni, ensa tomonga bukib yoki chalqancha yotqizib qo‘yishadi. Bu esa xato.

Chunki bemorning burnidan oqayotgan qon halqum orqali uning nafas yo‘llariga yoki ovqat hazm qilish yo‘liga tushishi natijasida ba’zan bolani yo‘tal tutadi. Yoki u qayt qilishi mumkin. Natijada qon ketishi yana qaytalanadi. Albatta, har qanday holatda ham burundan qon ketganda shifokor ko‘rigiga borish shart. Burundan qon ketishning oldini olishda eng muhimi uni keltirib chiqargan sabablarini aniqlashdir.

Darhaqiqat, ota-onalar yosh bolalar organizmidagi har qanday kasalliklariga befarq bo‘lmasdan darhol mutaxassis shifokorga olib borishlari kerak. Aziz, ota-onalar, beg‘ubor va guldek nozik farzandimizning sog‘lig‘iga nihoyatda e’tiborli bo‘lishni unutmang.

 

Dilfuza AZIMOVA yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: