Bosh shifokorning sovuqqonligiga qat’iy chora ko‘rildi

 Ayni paytda o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgan, xalq roziligini bosh maqsad qilib qo‘ymay, ishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan rahbarlarga keskin choralar ham ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimi har bir insonning kundalik hayotiga bevosita daxldor soha. Shu bois, tizimni tubdan isloh etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Avvalo sohada boshqaruv va tashkiliy ishlar takomillashtirilmoqda.

O‘tgan qisqa vaqt davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning quyi bo‘g‘inlari, respublika va hududlardagi tibbiyot muassasalarida rahbarlar almashinuvi ro‘y berdi. Hududlarga respublika tibbiyot muassasalaridan 134 nafar professor, fan doktorlari rahbar lavozimlariga tayinlandi. Tuman, shahar tibbiyot birlashmalari boshliqlari lavozimlariga viloyat davolash-profilaktika muassasalarida va tuman tibbiyot birlashmalarida faol ish olib borayotgan 183 nafar malakali kadrlar rahbar etib tayinlandi.

Ayni paytda, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgan, xalq roziligini bosh maqsad qilib qo‘ymay, ishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan rahbarlarga keskin choralar ham ko‘rilmoqda.

Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent shahar Nefrologiya shifoxonasi faoliyati o‘rganilganda, ayni shu kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani ma’lum bo‘ldi. O‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan Toshkent shahar Nefrologiya shifoxonasi bosh shifokori A. Zufarov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bugun rahbar kadrlarga qo‘yiladigan talab va ular yelkasidagi mas’uliyat har qachongidan ham ortmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har bir davlat xizmatchisi har kuni o‘zining mehnati bilan egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart. Ushbu talab barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi boshqaruv organlari rahbarlari uchun ham daxldor. Zamon talabiga javob bera olmagan rahbar esa xalqimizni rozi qilib, mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘sha olmaydi.

 

 Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Oilaviy ajrimlar: “raqam”larning izidan quvish emas, aniq ishlarni amalga oshirish lozim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: