O‘zbekistonda migratsiya ta’siridan bolalarni asrash bo‘yicha loyiha ishga tushirildi

Bugungi kunda 2 milliondan ziyod vatandoshimiz boshqa davlatlarda mehnat migranti hisoblanadi. Ularning ortida oilasi, kimlargadir ishonib topshirib ketilgan farzandlari bor, albatta. Ota-onasi uzoqda mehnat qilayotgan bolalarning ta’lim olishi, sog‘ligi va umuman hayot tarzi – O‘zbekistonda ish boshlagan yangi loyiha doirasida atroflicha tahlil qilinadi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, YUNISEF, Yevropa ittifoqi ko‘magida migratsiya ta’siridan bolalarni himoyalash bo‘yicha loyiha taqdimotida bu haqda batafsil ma’lumot berildi. U Janubiy-sharqiy, Janubiy Osiyo hamda Markaziy Osiyo mintaqalaridagi sakkizta mamlakatda, jumladan, O‘zbekistonda ham amalga oshiriladi.

Yevropa Ittifoqi, Yunisefning mamlakatimizdagi vakolatxonasi delegatsiyasi vakillari ishtirokida o‘tgan anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva ochib berdi.

2020 yilning oxirigacha mamlakatimizning to‘rtta hududida – Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida mazkur loyiha bo‘yicha tadbirlar olib boriladi. Migratsiya ta’sir ko‘rsatgan oilalar hamda bolalarga vasiylik va homiylik organlari, Xotin-qizlar qo‘mitasi, oilaviy markazlar va nohukumat tashkilotlari, shuningdek, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘linmalari tomonidan viloyat va tuman darajasida yordam ko‘rsatiladi.

Loyiha asosan migrantlarning oilalarini ijtimoiy himoya qilish, vasiylik va homiylik organlari, davlat va notijorat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan. Buning uchun respublikamizning to‘rtta viloyati tanlab olindi. Ya’ni, ayni paytda migrantlar soni nisbatan yuqori bo‘lgan Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida 2020 yilning dekabriga qadar bosqichma bosqich amalga oshiriladi.

 

Tanzila NORBOYEVA,

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari,

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi:

O‘zbekistonning migratsiya bilan bog‘liq xalqaro loyihasida ishtiroki – mamlakatimizda bolalar taqdiriga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning bir namunasi. Uning doirasida sohaning malakali mutaxassislarini tayyorlash, milliy qonunchiligimizga yangi normalarini joriy etish, “Migratsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilmoqda. Loyiha uch yil davomida amalga oshiriladi. Bu orada ota-onasi chet elda mehnat qilayotgan bolalar bilan ishlashning institutsional mexanizmlarini yaratish nazarda tutilyapti. Biz esa loyihadan so‘ng ham uning doirasida yo‘lga qo‘yilgan ishlar yuqori sifat va salohiyat bilan davom ettirilishi tarafdorimiz. Chunki migratsiya masalasi bir yoki ikki kunda hal bo‘ladigan ish emas. Migratsiya ta’siridan bolalarni himoyalash masalasida O‘zbekiston har doim faol va hamkorlikda ish olib borishga tayyor.

 

Yana o‘qing:  "Navro‘z" etnik bog‘i xorijiy sayyohlar bilan gavjum

Sasha GRAUMANN,

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:

YUNISEF hisobotiga ko‘ra, dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan migratsiya ta’sir ko‘rsatgan bolalarning katta ulushi Osiyoga to‘g‘ri keladi. Bolalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar va qoidabuzarliklar tahlil qilinganda ham aynan ota-onasi uyda bo‘lmagan, bobo-buvisi yoki biror qarindoshining qaramog‘ida bo‘lgan o‘g‘il-qizlar ko‘pchilikni tashkil etishi aniqlangan. Demak, bu muammo ustida birgalikda ishlash – davr taqozosi. O‘ylaymanki, uning hayotga samarali tatbiq etilishida har bir ishtirokchi ma’sulyat bilan yondoshadi.

 

Eduard STIPRAYS,

Yevropa ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari:

Migratsiya – faqat markaziy Osiyoning muammosi emas. Butun dunyo miqyosida yildan-yilga migrantlar soni ortib bormoqda. 2000 yilda jahon bo‘yicha 108 million migrant qayd etilgan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘satkich 258 millionni tashkil qildi. Muammoning dolzarbligini inobatga olgan holda, Yevropa ittifoqi mazkur hududiy loyihani qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Uning doirasida nafaqat chetga ketayotgan migrantlarning oilasi, balki muhojirlar borib ishlayotgan sharoitlar ham o‘rganiladi. Buning uchun Rossiya va Qozog‘istonda mavjud holat yuzasidan tahliliy faoliyat olib boriladi.

 

Loyiha doirasida mavzuga oid tadqiqotlar o‘tkazish, migrantlarning farzandlari duch kelayotgan muammolarni tizimli tahlil qilish ko‘zda tutilyapti. Bunday oilalarga o‘z vaqtida va kerakli yordamni tashkil etish yuzasidan zarur mexanizmlarni ishlab chiqish maqsad qilingan.

 

X. HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: