Eng mitti kompyuter yaratildi

Michigan universiteti mutaxassislari hajmi 0,04 millimetr kubga teng bo‘lgan kompyuter yaratib, IBM kompaniyasi o‘rnatgan rekoddan o‘n marta kichik modelni taqdim etdilar.

Yangi kompyuter juda kichik bo‘lib, uni sholi doni bilan qiyoslaganda, guruch bahaybat bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari u juda samarali ishlaydi. Uning ishlashi uchun yorug‘lik diodi zarur.

O‘lchamini kichik bo‘lishi tadqiqotchilardan ijodiy yondashuvni talab qildi. Ayrim zanjirlarda diodlar o‘rniga boshqariluvchi deb nomlanadigan kondensatorlardan foydalanildi. Juda kam energiya sarflovchi qurilmalar ishlayotganda yuzaga keladigan shovqinni yo‘qotish uchun choralar ko‘rildi. Ushbu kompyuterning o‘rtacha energiya sarfi 16 nanoVattga teng.

Hozircha ushbu kompyuter faqat bitta vazifani bajarishi ya’ni, haroratni o‘lchashi mumkin. Bundan maqsad inson organizmdagi alohida guruh hujayralarda o‘lchov olib borishdan iborat. Olimlar sog‘lom to‘qimalardan ko‘ra o‘sma to‘qimalarida harorat yuqoriroq bo‘lishini taxmin qilishar edi. Biroq, hozirgacha bu taxminni amaliyotda tekshirib ko‘rish imkoni yo‘q edi. Bundan tashqari yangi kompyuterdan ko‘z kasalliklari diagnostikasida va turli biokimyoviy jarayonlarda ham foydalanish mumkin.

 

D. ORIFOVA

Yana o‘qing:  Onkologik kasalliklarning oldini olish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: