O‘rikli pirog
Mazali o‘rikli pirog uchun ikki xildagi masalliqlardan tayyorlangan mahsulotdan foydalaniladi.
Zarur masalliqlar: 200 gr. sariyog‘, 200 gr. shakar, 2 ta tuxum, 200 gr. un, 50 gr. kraxmal, 100 gr. smetana, qabartirgich kukuni. 400 gr. tvorog, 100 gr. sariyog‘, 2 ta tuxum, 100 gr. shakar, 2 osh qoshiq manniy yormasi va vanilin, 10-15 dona o‘rik kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: idishga sariyog‘, shakar va tuxumni solib mikserda yaxshilab aralashtiriladi. Ushbu aralashmaga smetana, qabartirgich kukini, un va kraxmal solib, masalliq tayyorlanadi.
Alohida idishga tvorog, sariyog‘, tuxum, shakarni solib, uni ham mikserda aralashtirib, ustidan manniy yormasi bilan vanilin solib bir xil mahsulot hosil qilinadi.
Pirog pishirish uchun maxsus qolip yog‘lanib, kraxmal qo‘shib tayyorlangan masalliq solinib, uning ustidan esa tvorogli masalliqni solib, ustidan o‘rik bo‘laklari terib chiqiladi. Gaz pechida 180 daraja haroratda 25-30 daqiqada pishiriladi. Yoqimli ishtaha!
MOHIM