Yo‘l qurgan yetar murodga

Xalq orasida yo‘l qurgan savob, deyishadi. Negaki kimningdir og‘irini yengil, olisini yaqin qilishdan-da savobli ish bor ekanmi? Shukrki, oramizda ana shunday yaxshi amallarni o‘ziga kasb etgan yurtdoshlarimiz bor. Ular bilan yurt obod, ko‘ngil esa g‘ururga to‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri ko‘chalaridan yurib borar ekansiz yo‘lsozlarning qilgan ishlardan sevinasiz. Tekis, ravon va tunlari charog‘on ko‘chalarda sayr etgingiz keladi. Quruvchilardan minnatdor bo‘lasiz. Kishilarga ana shunday huzr-halovat ulashishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan Shukurullo Berdibayev ham yurt koriga yarashni maqsad qilgan. U rahbarlik qilayotgan “Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi Nukus filiali jamosi tomonidan qilinayotgan salmoqli ishlar tahsinga loyiq.

Shukurullo Berdibayev qariyb o‘ttiz yildirki yo‘l qurilishi sohasida mehnat qilib kelmoqda. U 1990 yili Toshkent Avtomobil transporti va yo‘llari institutini tamomlab, yo‘l harakati muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha ilk faoliyatini Ellikka’la tumanidagi 3-mexanizatsiyalashgan ko‘chma kolonnadan boshladi. Keyinchalik Nukus yo‘llardan foydalanish boshqarmasida yo‘l ustasi, bo‘lim boshlig‘i, “Transyo‘lqurilish” kompaniyasi DUKning Nukus filiali ASU mexanigi, Shimoliy-G‘arbiy XDAAYSITFK Nukus filiali bosh muhandisi vazifalarida mehnat qilib keldi. Mana ikki yildirki “Qoraqalpog‘iston Respublikasi yo‘llardan muntazam foydalanish” unitar korxonasi Nukus filiali direktori.

Sh. Berdibayev bolalik kezlarini eslar ekan, tug‘ilib o‘sgan yurti Qangli ovulini xotirlaydi. Pastqam loysuvoq uylar, qishda loy, yozda chang ko‘chalar, ta’mirtalab maktab, tirgovich tiralgan devorlar… Sahifamiz qahramonida yo‘lsoz bo‘lish fikri dastlab o‘sha kezlarda paydo bo‘lgan bo‘lsa ajabmas.

Biz bolalarimizni yoshlikdan mehnatga o‘rgatdik. Hozirda ularning hammasi uyli-joyli, – deydi Shukurulla akaning otasi 86 yoshli Madyar bobo. – Buning ustiga nabiralarimning ham bo‘yi cho‘zilib, ular safiga qo‘shilib qoldi. Ular davrasida bir zumga bo‘lsa ham zerikmaysan, kishi. Hali unisi, hali bunisi holimdan xabar olib, yo‘qlab kelishadi, omon bo‘lgurlar. O‘g‘lim Shukurullo esa mana bugun el xizmatida. Uning ortidan ko‘p rahmat eshitdik, rizqi butun bo‘lsin, ilohim.

Otaxon bilan suhbatimiz asnosi Shukurullo aka haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldik. Bu shijoat farzandlariga ham aynan otaxondan o‘tganiga amin bo‘ldik.

Shukurullo rahbarligidagi yo‘l quruvchilari ko‘chalarimizni asfaltlash va obodonlashtirishda baholi-qudrat amaliy yordam berib kelishmoqda, – deydi Ovul fuqarolar yig‘ini kotibi Aminboy Berdiboyev. – Hozir mahallamizda asfalt bo‘lmagan ko‘cha qolmadi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ovulimiz aholisi hayotida tom ma’noda yangi sahifa ochdi. Atrofimizda yaxshi odamlar ko‘p. Ularning sa’y-harakatlari bilan chor-atrof obod, ko‘ngillar nurga to‘lmoqda. Niyat qilamizki, yosh avlod orasida ham o‘zimizning Shukurullo kabi fidoyi, elga qayishadigan, yurt uchun huzur-halovatini unutadigan, haqiqiy mehnatsevar insonlar yetishib chiqaversin.

Shukurullo aka haqida atrofdagilar va qo‘ni-qo‘shnilarning fikrini tinglar ekanmiz uning xonadoni mahallada ham namunali oilalardan ekanini eshitdik. Ostona hatlar ekansiz bu yerdagi orastalik, fayzu tarovatdan bahri-dilingiz ochiladi. Xonadon sohibasi Rayhon opa ham ismi jismiga monand, qizlari Aziza, Umida, Durdona, Muslimalarni ham o‘zi singari oqila, mehnatsevar, yurtga sadoqatli qilib tarbiyalabdi. Xonadondagi o‘zgacha fayz ham shundan bo‘lsa kerak. O‘g‘li Qabulbek kelajakda otasi izidan borib, yo‘l quruvchi bo‘lishni niyat qilgan.

Yana o‘qing:  O‘rikli pirog

Ana shunday namunali xonadon egalari Shukurulla aka va Rayhon opa farzandlari quvonchi va kasbining barakasidan baxtiyor yashashmoqda.

 

Oygul RAZZOQOVA,

jurnalist

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: