Behuda o‘tayotgan umr zavoli

unga sabab giyohvandlik balosi

 

Bugungi kunda dunyo jamoatchiligini tashvishga solayotgan muammolardan biri giyohvandlikdir. Bejiz unga”hayot kushandasi”, “ajal to‘ri”, deb ta’rif berishmaydi.

Bir so‘z bilan aytganda giyohvandning qismati ko‘pincha o‘lim bilan yakun topadi. Ota-ona uchun farzandining giyohvand bo‘lib qolgani juda og‘ir musibatdir. Bunday vaziyatda ular farzandining shu yo‘ldan chiqib ketishi uchun bor kuchini sarflaydi. Ammo bu harakatlar har doim ham naf berarmikan? Chunki giyohvandlik yo‘liga kirib qolgan shaxs bemor hisoblanadi.

Giyohvandlik – giyohvand moddalarni yoki sun’iy ravishda tayyorlangan shunday moddalarni iste’mol qilish, chekish, hidlash, tanaga surtish yoki nina sanchish (in’yeksiya) yo‘li bilan qon tomirlariga yuborishdir. Bunday moddalarning salbiy xususiyati shundaki, ularni bir marotaba hidlab yoki tatib ko‘rgan shaxsda moyillik paydo bo‘ladi. Ularni 2-3 marta iste’mol qilish odamni giyohvand moddaga bog‘lanib, iste’mol etmasa turolmaydigan holatga duchor etadi. Bunday shaxs uyqusizlik, xotira pasayishi, bosh og‘rig‘i, asabiylashish, kayfiyatning buzilishi, jahldorlik, charchash, fikr tarqoqligi va boshqa shu kabi salbiy, ruhiy asab tizimidagi o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Giyohvand shaxs o‘zi bilan o‘zi gaplashadi, alahsiraydi, o‘qishga, ishga layoqatsiz bo‘lib qoladi. Ular moddiy va ma’naviy qashshoqlikka yuz tutib, oxiri ruhiy xastalikka chalinadi. Asta-sekin zahri qotilning iste’mol miqdori ortadi. Shunga ko‘ra organizm ham kasallanib boradi.

Bola tarbiyasida ota-onaning u bilan doimo suhbatlashishi o‘g‘il-qizlarining hamma savollariga javob berishi va ularni ruhan qo‘llab-quvvatlab turishi muhim. Ko‘pincha ishdan kelgan ota-onalar farzandlari bilan jonli muloqot qilishni istashmaydi. Bola esa kuni bilan ota-onasini kutib, bo‘lgan voqealarni gapirib bergisi hamda ulardan ruhan ko‘mak istaydi. Agar ular bolaga vaqt ajratmasa va e’tiborsiz bo‘lsalar, unda o‘g‘il yoki qiz ko‘chadagi odamlardan ruhiy tayanchni qidira boshlaydi.

Aynan shunday vaziyatda bolalarning giyohvandlar qo‘liga tushib qolmasligiga kim kafolat beradi?! Ayniqsa, o‘smirlik davrida ular katta e’tibor talab qiladi.

O‘spirin yigit-qiz ota-onasining mehri va maslahatiga muhtoj bo‘ladi. Bu davrda ota-onalardan o‘z farzandini kamsitmasdan, u bilan do‘stlashib, muammolarni yechishga ko‘makdosh bo‘lishi talab etiladi.

Oilada hech qachon farzandlarning bo‘sh vaqti bo‘lmasligini nazorat qilish, har bir daqiqaning qadrliligini uning ongiga singdirib borish kerak. Farzandlari mehnatkash bo‘lishi uchun uni har xil foydali yumushlar bilan band qilish va albatta, ularning sport mashg‘ulotlariga qatnashishlarini ta’minlash lozim. Shundagina undan sog‘lom fikrlaydigan, yetuk inson shakllanadi.

Yana o‘qing:  Antibiotiklarni sut, choy, qahva va sharbatlar bilan ichsa bo‘ladimi?

Farzand tarbiyasida me’yor degan tushuncha shakllanib borishi kerak. Uning har bir xohishini darhol bajarish ham, judayam erkalatib yuborish ham noto‘g‘ri. Giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ayniqsa, shunaqa erkatoy farzandlarni “ov” qilishadi. Qarmoqqa tushganlar esa o‘sha xonadonning barakasini uchiradi. Loqayd va doimo “ish bilan band” ota-ona esa farzand dog‘ida kuyib qolishi mumkin.

Tarbiyada ularga ota-bobolarining yutuqlari haqida gapirib berish, avlodlar ajdodlarga munosib davomchi bo‘lishlarini uqtirish ham muhim. Ota-onalar farzandlariga, har doim hayotida ikkita yo‘l borligini ya’ni, birinchisi – oson, ammo oxiri yomonlik bilan tugashi mumkinligini va ikkinchisi esa qiyin, lekin oxiri yaxshilik bilan yakunlanishini tushuntirishlari kerak. Giyohvandlik yo‘lidan qaytish juda og‘ir. Lekin ko‘p narsa bemorning o‘ziga, uning irodasiga bog‘liq. Chunki qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bu moddalarni iste’mol qilishdan qaytganlar ham bor. Bu dardi bedavo illatga chalinmaslik uchun doimo ota-onalar, qo‘ni-qo‘shnilar, tarbiyachi, ustozlar va albatta, yoshlarimiz nihoyatda sergak, e’tiborli bo‘lishlari tavsiya etiladi.

Inson baxtli bo‘lishi uchun o‘qib-o‘rganishga intilishi, mehnatkash bo‘lishi hamda o‘z orzu-niyatlariga yetishishiga ishonishi, o‘zi sevgan kasbu kor egasi bo‘lishi katta ahamiyatga ega.

 

Gulchehra JUMAYEVA,

Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil

etish ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim mudiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: