Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada g‘oliblari taqdirlandi
Shu yilning 19-23 iyun kunlari Samarqandda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etdi. Ilk bor tashkil etilgan xalqaro olimpiadada ushbu mamlakatlardan 45 nafar iste’dodli o‘quvchi fizika va astronomiya fanlari bo‘yicha bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Astronomiya fanidan qirg‘izistonlik Anarbekov Iriskeldi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston vakili Amankul Janibek kumush medalga, hamyurtimiz Bozorqulov Do‘stmamat va yana bir qozog‘istonlik o‘quvchi Kenes Yerjan bronza medalga sazovor bo‘lishdi.
Fizika fanidan O‘zbekiston jamoasi a’zosi Umidjon Hafizov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tinichbekov Temur (Qirg‘iziston), Amangeldi Islam (Qozog‘iston) va o‘zbekistonlik Hasanov Otabek va Nosirov Abdurahmonlar kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Turkmanistonlik Xodjamurodov Meylis, qozog‘istonlik Telman Yerasil, Namugambetova Madina, qirg‘izistonlik Sidiqov Ernazar hamda hamyurtlarimiz Roziqov Soliboy, Xalimov Boburlar bronza medaliga munosib deb topildi. G‘oliblar tashkiliy qo‘mita tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.
Mazkur xalqaro olimpiada ilk marotaba tashkil etilgan bo‘lsada, buyuk ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, iste’dodli yoshlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilar uchun xorijlik tengdoshlari bilan do‘stona raqobat muhitini yaratishga xizmat qildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada har ikki yilda an’anaviy tarzda Samarqandda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olipiadaning fizika fani bo‘yicha yakuniy natijalari
№ |
F.I.O |
Davlat |
1-tur |
2-tur |
Yakuniy natija |
O‘rni |
1 |
Xafizov Umidjon |
O‘zbekiston II |
23.5 |
13.6 |
37.1 |
oltin medal |
2 |
Xasanov Otabek |
O‘zbekiston II |
25.4 |
9 |
34.4 |
kumush medal |
3 |
Ti’ni’chbekov Timur |
Kirg‘iziston |
20.6 |
12.4 |
33 |
kumush medal |
4 |
Amangeldi Islam |
Qozog‘iston I |
23.3 |
9.4 |
32.7 |
kumush medal |
5 |
Nosirov Abdurahmon |
O‘zbekiston |
19.8 |
11.1 |
29.7 |
bronza medal |
6 |
Telman Yerasi’p |
Qozog‘iston I |
18.6 |
11.1 |
25.9 |
bronza medal |
7 |
Razzoqov Soliboy |
O‘zbekiston I |
14.1 |
11.8 |
25.9 |
bronza medal |
8 |
Xalimov Bobur |
O‘zbekiston I |
16 |
9.8 |
25.8 |
bronza medal |
9 |
Xojamuradov Meylis |
Turkmaniston |
19.4 |
6.4 |
25.8 |
bronza medal |
10 |
Sidikov Ernazar |
Kirg‘iziston I |
12.2 |
11.6 |
23.8 |
bronza medal |
11 |
Naumagambetova Madina |
Qozog‘iston II |
13.6 |
8.9 |
22.5 |
bronza medal |
Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olipiadaning astronomiya fani bo‘yicha yakuniy natijalari
№ |
F.I.O |
Davlat |
1-tur |
2-tur |
Yakuniy natija |
O‘rni |
1 |
Anarbekov Iriskeldi |
Kirg‘iziston |
24 |
27 |
51 |
oltin |
2 |
Amankul |
Qozog‘iston II |
27 |
18 |
45 |
kumush |
3 |
Bozorqulov Do‘stmamat |
O‘zbekiston II |
19 |
19 |
38 |
bronza medal |
4 |
Kenes Yerjan |
Qozog‘iston II |
16.5 |
17.5 |
34 |
bronza medal |