O‘zbekistonda yana bir xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
O‘zbekistonda ilk bor materiyani chuqur tadqiq etishga doir yirik xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
Manbaga ko‘ra nufuzli anjuman kuz faslida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Unda butun dunyodan olimlar, jumladan, Yevropa yadro tadqiqotlari tashkilotidan fiziklar tashrif buyuradi.
Ayni chog‘da qayd etilishicha, konferensiyani tashkil qilish masalasini ko‘rib chiqish maqsadida vakillari O‘zbekistonga kelgan Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti bilan ham hamkorlik aloqalari kengaytiriladi. Xususan, tomonlar yadro fizikasi va texnologiyalari sohasidagi tadqiqotlar ustida birgalikda ish olib boradi, olingan natijalardan kelgusida tibbiyot va boshqa jabhalarda foydalanish uchun qo‘shma loyihalar rivojlantiriladi.