Bokschilarimiz “Prezident kubogi” da 7 medal jamg‘arishdi
Qozog‘istonning Astana shahrida boks bo‘yicha “Prezident kubogi” xalqaro turniri nihoyasiga yetdi. Musobaqda 15 ta davlatdan jami 162 nafar bokschi ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
– 81 kg vazn toifasi finalida Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik bokschi Bek Nurmagambetovga qarshi ringga chiqib, g‘alaba qozondi va terma jamoamiz hisobiga yagona oltin medalni taqdim etdi. – 60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov finalda rossiyalik Gabil Mamedovga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, – 64 kg vazn toifasida ringga chiqqan Iqboljon Xoldorov esa mezbonlar vakili Bekdaulet Ibragimovga yutqazdi va har ikkala bokschimiz kumush medallariga ega bo‘lishdi.
Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan bokschilarimiz Shahobiddin Zoirov ( – 56 kg), Aliyor Noraliyev (-64 kg), Mahmud G‘oipov (-69 kg) va Isroil Madrimov (75 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
T. ORTIQOVA