Masofaviy ta’lim mahorat sirlaridan saboq beradi

O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda mamlakat oliy ta’lim tizimi ham tubdan yangilanmoqda. Ta’lim sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, kadrlar tayyorlashda shaffoflik, adolat va sifat mezoniga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari uchun AQSHning yetakchi Indiana universiteti bilan “House of Wisdom Teacher Training” mahorat maktabi hamkorligida “Ta’limda texnologiyadan foydalanishning innovatsion uslublari” mavzusida onlayn darslar tashkil etish jarayoni boshlandi.

Indiana universitetining Ta’limni tashkillashtirishda texnologiyadan foydalanish markazi maslahatchisi Umida Hikmatillayeva dastlab bir semestrni to‘liq qamrab olgan, 18 haftalik onlayn kursning tugal o‘quv rejasi va dasturini ishlab chiqdi. Ana shu o‘quv reja asosida joriy yilning yanvar-may oylarida institut professor-o‘qituvchilari masofaviy ta’lim asosida “Google Classroom” platformasidan foydalanilgan holda o‘qitildi. Ta’lim sohasi vakillarini ushbu shaklda o‘qitish mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun tamomila yangi hodisa sanaladi.

“Mahorat maktabi” kurslariga institutning ko‘plab professor-o‘qituvchilari jalb etildi. Kurs davomida o‘qituvchilar turli loyihalar tayyorlash sir-asrorlarini ham o‘rganib oldi. Talabalarga tarqatish uchun o‘quv rejasi – Sillabus yaratish yo‘llari, talabalar bilimini baholashning zamonaviy mezonlarini ishlab chiqish, interfaol mashqlar uchun materiallar tayyorlash, o‘zi dars o‘tadigan fanlarga aloqador onlayn manbalarni to‘plash kabi zamonaviy usullar shular sirasiga kiradi.

Onlayn kurs samarasida mahorat maktabi qatnashchilari “Google site” platformasida o‘z “ePortfolio”sini yaratdi. Bu yerda talabalar o‘zlari o‘qiyotgan fanlardan darsga doir kerakli, qiziqarli materiallarni olishi, baholash mezonlari bilan tanishishi, ixtisosligiga doir onlayn manbalarni topishi mumkin.

 

Qudratilla OMONOV,

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq

filologiyasi fakulteti dekani,

filologiya fanlari doktori

Yana o‘qing:  Mutolaa – eng yaxshi hordiq

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: