Maktabgacha ta’lim sohasiga yangi tizim joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev Oltiariq tumani Qapchig‘oy mahallasidagi “Smart kids” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Prezidentimiz ushbu innovatsion bog‘chada bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Mazkur maktabgacha ta’lim tizimida tatbiq etilayotgan Integratsiyalashgan monitoring elektron tizimi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu tizimda bolalarning tug‘ilishidan to voyaga yetguncha bo‘lgan holati, sog‘ligi, rivojlanishi, o‘zlashtirishi haqida ma’lumotlar bazasi to‘planadi. Bunday yondashuv ta’lim-tarbiya tizimi uchun yangilik bo‘lib, farzandlarimizning bilimli, salohiyatli bo‘lib ulg‘ayishida muhim omil bo‘ladi. Endi ushbu sohadagi ma’lumotlarni kuzatish, tahlil qilish imkonini beruvchi mazkur yangi tizim ta’lim-tarbiyada kelgusi yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi.

Yana o‘qing:  Oilaviy ajrimlar: “raqam”larning izidan quvish emas, aniq ishlarni amalga oshirish lozim

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: