Endi nogironlar aravachasi fikr bilan boshqariladi

Novosibirsklik injener Ivan Nevzorov bosh miya to‘lqinlarini o‘qish orqali nogironlar aravachasini boshqarish mumkin bo‘lgan noyob tizim yaratdi.

2018 yilning aprel oyida ushbu shahardagi “Katervil” firmasi va Moskvaning “Neyrobotiks” kompaniyasi bilan hamkorlikda namuna dastlabki sinovdan o‘tkazildi. Sinov bosh miya impulsi orqali nogironlar aravachasini boshqarish mumkinligini isbotladi. Ishlanmaning bozor narxi 460-560 rubl atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, injenerlarning asosiy vazifasi ikkita qurilma, ya’ni elektrodlar o‘rnatilgan “qalpoqcha” va aravachaning ishini muvofiqlashtishdan iborat edi. Ularni birlashtiruvchi bo‘g‘in – kompyuter bo‘lib, bosh miya signallarini “to‘xta”, “oldinga/orqaga”, “chapga/o‘ngga”, “chiroqlarni o‘chirish/yoqish”, “kresloni oldinga/orqaga egish” kabi buyruqlarga aylantiradi. Bosh miya neyronlari chiqarayotgan impulslar “neyroqalpoqcha” elektrodlari orqali ishlov berish uchun kompyuterga kelib tushadi va o‘z navbatida undan aravchani harakatlantirishga yo‘naltiradi.

Hozirda ixtirochilar hal etayotgan asosiy vazifa – harakatsiz kishi aravacha boshqaruvini yo‘qotgan-da, uni favqulodda o‘chirish masalasidir. Injenerning taxminicha bu funksiya, balki ko‘zni yumib-ochish bilan bog‘lanishi mumkin. Har qanday holatda ham aravachani boshqarish va buyruqlar tizimini bir mazmunda tushinish uchun jiddiy shug‘ullanish lozim.

 

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Idish yuvuvchi shaffof mashina

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: