Farzandlar salomatligi – dilimiz halovati

Yurtimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab, ham ma’nan ham jismonan sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazish masalasiga davlat ahamiyati darajasida e’tibor berib kelinmoqda.

Farzandlar salomatligi ota-ona uchun qanchalik muhim bo‘lsa, biz shifokorlar uchun ham shunchalik ahamiyatlidir.

Bolalar nevropatologi sifatida shuni aytishim mumkinki, ona va bola salomatligi yo‘lida olib borilayotgan ishlar natijasida hozirda irsiy yoki boshqa nevrologik kasalliklar bir muncha kamayganini ko‘rishimiz mumkin. Viloyatlarda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, skrining markazlarining tashkil etilishi natijasida chekka qishloqlarda ham homilador ayollar sog‘ligini mustahkamlashga erishilmoqda.

Bundan tashqari erta nikoh, qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlarga barham berilayotgani bois ham bolalarda irsiy kasalliklar bilan tug‘ilish holati keskin kamaygan.

Mustaqillik tufayli shifoxonalar qiyofasi tubdan o‘zgardi. Tibbiyot muassalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanib, kasalliklar bo‘yicha izlanishlar olib borilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Bu esa birinchidan bemorlarga tez va to‘g‘ri tashxis qo‘yishga ko‘maklashsa, ikkinchidan ish suratining oshishiga yordam bermoqda.

Shuni ta’kidlash joizki, mutaxassislarimiz chet davlatlarda bo‘lib, u yerda tajriba almashish va malaka oshirish davomida o‘zlashtirgan tajribalarini amaliyotda qo‘llab kelishmoqda.

Dunyoning hech bir mamlakatida bizning yurtimizdagi kabi sog‘lom avlod tarbiyasiga, uning salomatligiga davlat darajasida e’tibor berilmaydi. Buning zamirida esa hech shubhasiz Hurmatli Yurt­boshimizning «Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur», degan so‘zlari yotibdi. Bu aslo mubolag‘a emas. Istiqlol yaratgan sharoitlar bizga har jabhada tenglar ichra teng bo‘lish imkonini bermoqda. Shunday ekan, ushbu dorilomon kunlarning qadriga yetib, Vatanga munosib farzand bo‘lishga intilishimiz kerak.

Jamshid SAIDOV,

Nevropatolog

Yana o‘qing:  “O‘g‘lim duduqlanayapti, til tagini kestirsakmikan?”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: