Chekka hudud aholisi e’tibordan mamnun
“Sog‘lom avlod uchun” halqaro xayriya fondi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali ko‘chma tibbiy ijtimoiy yordam brigadasi tomonidan qishloqlar aholisiga bepul tibbiy ko‘rik va insonparvarlik yordamlari ko‘rsatilmoqda.
Bu gal Dehqonobod tumanidagi “Oqrabot” QFYda istiqomat qiluvchi ko‘makka muhtoj 23 ta oila holidan xabar olindi. Ularga bepul dori-darmonlar, kiyim-kechak, poyabzal, uy-ro‘zg‘or buyumlari va sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat insonparvarlik yordamlari yetkazildi. Shuningdek, “Beshbuloq”, “Otkamar”, “Istiqlol”, “Chuchukquduq” qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi fuqarolarning turmush tarzi, yashash sharoiti, muammolari o‘rganildi.
Gulnora ShARIPOVA,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi
Qashqadaryo viloyat filiali direktori