Tezkorlik va xolislik

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini OAVda yoritishda asosiy mezondir.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti majlislar zalida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda OAV roli va o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir institutning Toshkent viloyat va shahar hududiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi shahar va viloyat bo‘limlari hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi Prezidentimiz tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar bajarilishini OAV orqali tezkor, sifatli hamda atroflicha yoritish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, islohotlarni komleks tarzda yoritishda jurnalistlarning kasb mahoratini yanada yuksaltirish masalalarini muhokama etishdan iborat.

Ushbu davlat dasturini amalga oshirish maqsadida yil davomida 8 ta qonun loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Ular qatorida – “Bolalarning jismoniy va ma’naviy rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlardan himoya qilish to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya to‘g‘risida”, “Aholining sanitariya-epidemiologik farovonligi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respub­likasining “Talim to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunlardir. Davra suhbatida shu va Davlat dasturiga kiritilgan boshqa masalalar muhokama etildi.

Tadbir so`nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

B.SALOMOV

Яна ўқинг:  Оқилона овқатланиш ва тан саломатлиги

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: