Har bir bolaga mehr, e’tibor!

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Respublika “Sen yolg‘iz emassan” bolalar jamoatchilik jamg‘armasi, Toshkent shahri va viloyati hokimliklari hamkorligida “Toshkent-lend” bolalar istirohat bog‘ida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi “Mehribonlik” uylari, “SOS” – O‘zbekiston bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari hamda Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari tizimida o‘z xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar farzandlari taklif etildi.

Bayram tadbirida istirohat bog‘idagi ko‘ngilochar atraksionlarning barchasi homiylar tomonidan bolalarga bepul tashkil etildi, ularga muzqaymoq va yaxna ichimliklar tarqatildi.

 

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi bolalar axloq tuzatish koloniyasida “Har bir bolaga mehr, e’tibor” shiori ostida madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida bolalar uchun fond va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan muruvvat yordamlari topshirildi. Shuningdek, Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyining orkestr jamoasi ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

 

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 569-MTMda “Bolaligim – poshsholigim” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayramga bolajonlarni qutlagani “Bilmasvoy” ham keldi. “Doktor Voyjonim” esa kichkintoylarga yoz faslida qanday chiniqishlari va sog‘lom bo‘lishlari haqida o‘z tavsiyalarini berdi. Bayram barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

 

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-iqtidorli bolalar maktabida ham bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda so‘zga chiqqanlar tinch-osoyishta hayot, ogohlik qadri, farovon turmushning hikmati, fidoyilik kabi insoniy fazilatlar xususida o‘quvchilarga so‘zlab berdi. Bayram tadbiri davomida o‘quvchilar Vatan, tinchlik, yurt qahramonlarini madh etuvchi she’r, kuy va qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari ijro etishdi.

Bu kabi tadbirlar Sergeli tumanidagi boshqa umumtalim maktablari hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ham o‘tkazildi.

 

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Orzu” nomli 423-maktabgacha ta’lim muassasasida “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bolajonlar ijrosidagi quvnoq she’r va qo‘shiqlar hamda jozibali raqslar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘nggida muassasa rahbari Sanobar Umbetaliyeva tuman va shahar miqyosidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan bolajonlarni qutlab, ularga sovg‘alar ulashdi.

 

Gulnoza NORBOYEVA

Yana o‘qing:  DAVLAT CHEGARASI VA TRANSPORTDAGI DAVLAT VETERINARIYa NAZORATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: