Jamg‘arma faoliyatidan (2013-33)

Jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy markazi shifokorlari tomonidan Shayxontohur tumanidagi Ko‘kcha va Tinchlik mahallalarida jami 92 nafar fuqaro tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik bilan bir qatorda aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish mavzusida davra suhbatlari ham bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Amudaryo tumanidagi “Tolqin” qishloq vrachlik punktida «Yoshlarni erta turmushga berishning salbiy oqibatlari» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Xorazm viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Gurlan tumani Eshimjiron qishlog‘i 7-son mahallasida jami 150 nafar fuqaro ishtirokida «Qudratimiz birlik va hamjihatlikda» va «Shu aziz Vatan barchamizniki» mavzularida festival o‘tkazildi.

Buxoro viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Romitan tumanidagi “Qizilravot” qishloq vrachlik punktida hafta davomida jami 401 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash mavzularida davra suhbatlari ham tashkil qilindi.

Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Yangiyer shahridagi nogiron ayollar uchun mo‘ljallangan «Muruvvat» uyida bayram munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

«Sog‘lom avlod uchun» jam­g‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Otasini hayratlantirgan bolakay

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: