O‘zbekistonda interaktiv minbar yaratildi

Ta’lim jarayoniga yangi innovatsiyalarni joriy etish va darslarda zamonaviy axborot va multimedia texnologiyalaridan foydalanish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Axborot texnologiyalari markazi” mutaxassislari zamonaviy axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan va takomillashtirilgan interaktiv minbar(smart podium) ishlab chiqdi. Ushbu minbar hozirgi kunda o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar beradi.

Ushbu minbar quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • professor-o‘qituvchilar vaqtini tejash;
  • darslarni sifatli tashkil etish;
  • aqlli doska rejimidan foydalanish;
  • auditoriya davomatini qisqa vaqt ichida nazorat etish;
  • auditoriya texnik va muhandislik jihozlarini boshqarish (auditoriya pardalarini yorug‘likka moslash, proyektor va ekranlarni ishga tushirish, elektr chiroqlarini yoqish va o‘chirish);
  • o‘qituvchi o‘quv-uslubiy majmualarini va virtual animatsion ko‘rgazmalarni kompleks sifatli namoyish qiladi va o‘quv mashg‘ulotini to‘liq interaktiv ko‘rinishda tashkil etish;
  • auditoriyalarida barcha tinglovchilarga multimediali tizim ko‘rinishda mashg‘ulotni tashkil etadi.
Yana o‘qing:  Surunkali yaralarni davolovchi plastir yaratildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: