XALQARO TAOMLAR FESTIVALI

Mamlakatimiz “Tashkent Palace New” mehmonxonasi hovlisida O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi tomonidan Mustaqilligimizning 21 yillik qutlug‘ sanasiga va “Mustahkam oila yili”ga bag‘ishlangan an’anaviy “Tasanno – 2012” Xalqaro milliy taomlar festivali o‘tkazildi.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el vakolatxonalari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu festivalda 19 ta vakolatxonalar ishtirok etgani holda u millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik hamda madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lidagi ezgu maqsadlarimizni yana bir bor namoyon etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ko‘plab xorijiy davlatlar elchilari va xodimlari, respublikamizdagi nufuzli tashkilotlar rahbarlari, do‘stlik jamiyatlari raislari, kengashning viloyat bo‘limlari boshliqlari va keng jamoatchilik ishtirok etdilar.

Tadbirni O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashi raisi, akademik Saidahror G‘ulomov ochib, barcha ishtirokchilarni Mustaqilligimizning 21 yilligi va ushbu an’anaviy tanlov bilan qutladi hamda millatlarning o‘ziga xos madaniyati va urf-odatlari, betakror milliy taomlari, xorijiy davlatlar bilan hamdo‘stlik aloqalari borasida erishgan yutuqlarimiz haqida so‘zladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, Azerbayjon, vakolatxonasi vakili Namiq Abbos va boshqalar mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, mustaqillikning dunyo xalqlari bilan do‘stlik aloqalari o‘rnatilishidagi muhim roli haqida so‘z yuritdilar.

Tadbirda Hindiston, Indoneziya, Turkiya, Germaniya, O‘zbekiston, Chexiya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Misr, Malayziya, Qirg‘iziston, Azerbayjon, Turkmaniston, AQSH, Pokiston, Polsha va Ukraina davlatlarining milliy taomlari, hamda ularning urf-odatlari, tarixi va madaniyatlarini o‘zida aks etgan ko‘rgazmalar namoyish etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi davlat granti mablag‘laridan foydalanildi.

Tanlovda eng oliy sovrin — Grand Pri sohibi Suriya vakolatxonasiga, 1-o‘rin Indoneziya vakolatxonasiga, 2-o‘rin Rossiya vakolatxonasiga, 3-o‘rin esa Polsha vakolatxonasiga nasib etdi.

Ushbu an’anaviy festival barcha ishtirokchilar qalbida chuqur taassurot qoldirish bilan birga mamlakatlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda, shuningdek, mehmondo‘stlik tuyg‘ularini mustahkamlashda ko‘prik bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  BOLA HUQUQLARI – QONUN HIMOYASIDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: