Salomatlik yo‘lida safar

Kecha Toshkent xalqaro aeroportida Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanish uchun ketayotgan 12 nafar bemor bolalarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, bolalar salomatligini saqlash borasida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi ham ko‘plab xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jamg‘arma, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, «Fridensdorf International» xalqaro tashkiloti o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik bitimiga asosan 2002-2013 yillar davomida 218 nafar terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa xastaliklar bilan og‘rigan o‘zbekistonlik bemor bolalar Germaniyaning nufuzli klinikalarida sog‘lomlashtirilib yurtimizga qaytdi. Mustaqillik bayrami arafasidagi bu galgi safar ham ana shu ezgu ishlarning davomidir.

– Qizim Zuhraxon hozir olti yoshda. Yuzida bir yoshligida kuyishdan qolgan asoratlari bor, — deydi samarqandlik Mohichehra Xoliqova. – Har bir ota-ona farzandining to‘rt muchasi sog‘lom, barkamol voyaga yetishini xohlaydi. Mamlakatimizda bolalar salomatligini saqlash borasidagi shart-sharoit va imkoniyatlardan mamnunman. Farzandim uchun qayg‘urayotgan g‘amxo‘r hukumatimizga, jamg‘arma mutasaddilariga minnatdorlik bildiraman.

Aytish joizki, «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi hamda «Fridens­dorf International» xalqaro tashkiloti hamkorligida 2013 yilning 6 oyi davomida mamlakatimizning tibbiyot muassasalarida 118 nafar tug‘ma lab-tanglay nuqsoni bo‘lgan nogiron bolalarda jarrohlik operatsiyalari o‘tkazildi. Shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida «Chiroyli oyoqchalar» loyihasi doirasida tug‘ma oyoq nuqsoni (maymoqlik) va qiyshiq bo‘yin tashxisi qo‘yilgan 15 yoshgacha bo‘lgan 149 nafar bemor bolalar jarrohlik operatsiyasi orqali sog‘lomlashtirildi.

Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tadbirda «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi mutasaddilari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

M.TOLIPOVA,

«Sog‘lom avlod» muxbiri

Yana o‘qing:  Buvimning oshyoni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: