Savol bering, javob beramiz (2013-32)
Hayotimizda homila bachadon nayida, degan gaplarni eshitib qolamiz. Qanday holatlarda homilada bunday jarayon kuzatiladi?
Kamola NOSIROVA,
Zangiota tumani
To‘g‘ri, ba’zi ayollarning homilasi bachadonda rivojlanmay, uning nayiga o‘rnashib, o‘sha yerda rivojlana boshlaydi. Bunday holatga birinchidan, ayollarimizning jinsiy organizmidagi turli infeksion kasalliklar va yallig‘lanish sabab bo‘ladi. Ushbu xastaliklar natijasida bachadon nayi torayib, o‘z silliqligini yo‘qotadi. Natijada urug‘ bachadonga yetib bormay, uning nayida qolib ketadi va o‘sha yerda rivojlana boshlaydi. Bu holat vaqtida aniqlanmasa rivojlangan homila tufayli bachadon nayining yorilib ketishi hamda ko‘p qon yo‘qotish sababli ayolning ahvoli og‘irlashishi mumkin.
Malohat YUNUSOVA,
Ginekolog