Bolalarda yassi tovonlik

Yassi tovon bolalarning tayanch-harakat a’zolarida eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bo‘lib, unda tovon tagi uzunasiga yerga tegib turadi.

Normal holatda, aksincha, tovon tagi biroz bukiluvchi holda bo‘lishi lozim.

Ushbu xastalikka tashxisni bolalar 3-4 yoshga to‘lganida qo‘yish mumkin. Negaki, bolada ma’lum vaqtgacha tovon suyaklari hali qotmagan, ko‘p tog‘ay to‘qimalardan iborat, mushak va paylar hali kuchsiz, cho‘ziluvchan bo‘ladi. Bundan tashqari, tovonlar tekisga o‘xshaydi, sababi, tovon tagi bo‘shlig‘i yog‘lik yumshoq to‘qimalar bilan to‘lgan bo‘ladi.Tayanch-harakat a’zolar me’yorda rivojlanganda bolada 5-6 yoshida tovon o‘zining asl holatiga keladi. Lekin ba’zida tovonning rivojlanishi o‘zgarib, yassi tovon kasalligi kelib chiqadi.

Yassi tovon paydo bo‘lishida quyidagi omillar ahamiyatga ega:

– Ota yoki onada yassi tovon kasalligi bo‘lsa, bu bolaga ham o‘tishi mumkin;

– Juda tekis va poshnasiz, yoki juda uchli yoki juda keng oyoq kiyim sababli;

– Oyoqlarga ortiqcha kuch ta’sirida, masalan, og‘ir yuk ko‘targanda, yoki tananing ortiqcha vazni, semizlik tufayli;

– Bo‘g‘imlarning o‘ta bukiluvchanligi, raxit kasalligi sababli;

– Oyoqlarda boldir va tovon mushaklari sholligida (poliomiyelit kasalligi asorati, yoki DSP(bolalar serebral falajligi);

– Tovon jarohatlanishi.

Ba’zida ota-onalar bu kasallikka unchalik ham e’tibor berishmaydi. Chunki yassi tovonning erta davrida uning belgilari kuzatilmaydi. Lekin vaqt o‘tib, bu kasallik «ressor» funksiyani, shuningdek, tovonning o‘ziga xos amortizatsiya vazifasini buzadi va tayanch faoliyatini susaytiradi. Yurish vaqtida hamma kuch, silkinish boldir, chanoq-son bo‘g‘imiga, bel umurtqalari pog‘onasiga tushadi va buning oqibatida bo‘g‘im kasalligi(artrozlar), umurtqalar pog‘onasi qiyshayishi – skolioz kasalligini keltirib chiqarishi mumkin Shuning uchun yassi tovon kasalligi qancha tez aniqlansa va uning davolanishi qancha barvaqt o‘tkazilsa, yuqorida aytilgan kasalliklarni bartaraf qilsa bo‘ladi.

Yassi tovon xastaligini davolashda o‘ziga xos davolash uslublari qo‘llaniladi. Ko‘proq fizioterapevtik davolash – parafin, ionoforez, darsenval, davolash gimnastikasi, massaj (maxsus uqalash) bunda yaxshi natija beradi. Kasallik boshlanish vaqtida eng foydali muolaja uqalash bo‘lib, u mushaklarning qotishiga, qon aylanishini normal holatga keltirishga, tovon bo‘g‘imlari va paylariga yaxshi ta’sir o‘tkazadi. Davolash vaqtida umurtqalar pog‘onasiga ham ahamiyat berish zarur. Negaki, yassi tovonda bu a’zo ham o‘zgaradi. Skoliozda «S»- simon qiyshayish paydo bo‘lib, shunda ham shifokor tomonidan uqalash, davolash gimnastikasi, suvda suzish kabi muolajalar buyuriladi.

Yana o‘qing:  Kichkintoyning uyqusi buzilyaptimi?

Yassi tovon aniqlangan bola maxsus oyoq kiyim kiyishi kerak. Eng asosiysi, tanlangan poyabzal bola oyog‘ining o‘lchamiga to‘g‘ri kelishi zarur. Tabiiy matolardan tayyorlangan, tovoni qattiq va uncha katta bo‘lmagan poshnasi bor poyabzal bemor bolalarning tovoniga yaxshi ta’sir etadi. Bundan tashqari maxsus patak-stelki buyuriladi.

Ota-onalar shuni yodda tutishlari kerakki, yassi tovon erta aniqlanmasa va davolanmasa, tovonnning buzilishiga va tayanch-harakat a’zolarida turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Odil ZOKIROV,

travmatolog – ortoped

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: