Qizlar salomatligi markazi ish boshladi
“Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi. Respublika markazi, shu jumladan, qizlarga texnologiyalarga asoslangan yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
2018 yil 1 avgustga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” (1003) tarmog‘i tarkibida respublika hududida kunu tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i tizimi joriy etiladi.