Jamg‘arma faoliyatidan (2012/39)
Toshkent viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Bekobod shahar Texnologiya va qurilish kasb-hunar kollejlari hamda “Qaraquli” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli 4-bo‘lim terimchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarga kasallik turiga qarab dori-darmon vositalari tarqatildi.
Sirdaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Sirdaryo tumani Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda tuman Xalq ta’limi bo‘limlari hamkorligida Sirdaryo tumani 71-sonli Maxsus maktab internatida voyaga yetmagan o‘smir qizlar uchun “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan “Chodak” qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli “Shayxon”, “Buchiyon” hamda “Maydon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tibbiy ko‘rik o‘tkazib, 1695 nafar aholiga turli xil mavzuda ma’ruzalar o‘qildi. Ishtirokchilarga mavzuga oid tarqatma materiallar berildi.
Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tomonidan Yozyovon tumani va Marg‘ilon shaharlarida yashovchi bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga eshitish moslamasi va nogironlik aravachalari topshirildi.
Samarqand viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda Samarqand shahar 81-son “Qaldirg‘och” nomli maktabgacha ta’lim muassasasida “Barkamol avlod g‘unchalari” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazilib, jami 59 nafar kam ta’minlangan oilalarga dori-darmonlar, gigiyenik vositalar va oyoq kiyimlar tarqatildi.
Abbosjon ERGASHEV,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi