Daxldorlik hissi

Ayol qachon baxtli bo‘ladi? Qachonki, ko‘ngli xotirjam, oilasi farovon, sevgan kasbida hamisha halovat bo‘lsagina. Men ham o‘z baxtimni topgan ayollar sirasiga kiraman, desam adashmayman. Oilamdagi baxt – to‘rt nafar farzandlarim, shirindan shakar nabiralarim bo‘lsa, kasbim yuzasidan topgan baxtim bu – insonlar chehrasiga oz bo‘lsa-da in’om etgan tabassum bo‘lsa ajab emas. «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasining Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialida faoliyat olib borayotganimga ham mana o‘n bir yil to‘libdi. Shu vaqt mobaynida xizmat yuzasidan shahrimizning qay bir go‘shasiga bormay hamisha qishloq ahli hurmat va e’tibor ila qarshi olishadi. Buni ko‘rib, ko‘nglim yanada entikib ketadi. Bundan ilhomlanib, yana va yana mehnatga, xayrli ishlarga shoshgim keladi.

Yillar davomida arzimas mehnatimni yuqori baholab, joriy yilda hukumatimiz tomonidan II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlandim. Bunday e’tibor va e’tirof menga kuch bag‘ishlab, yurtimning bir bo‘lagi ekanligimdan, mehnatim bilan yurtimning rivojiga hissa qo‘shayotganimdan baxtiyorman.

Yulduzxon USMONOVA,

Sirdaryo viloyati

Yana o‘qing:  Kechirasiz, ro‘yxatdagi dorilar bormi...?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: