To‘yga munosib to‘yona

Andijonda bo‘layotgan o‘zgarishlar har qanday kishining havasini keltiradi. Ayniqsa, keyingi o‘n yilda shaharda ko‘plab yangi-yangi korxonalar, turar-joy binolari foydalanishga topshirildi, keng va ravon yo‘llar, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, sport majmualari, stadionlar, bog‘ va xiyobonlar bunyod etildi. Zamonaviy inshootlar shahar qiyofasini butunlay o‘zgartirib yubordi.

Ayni kunlarda shaharning Alisher Navoiy shohko‘chasi, O‘zbekiston, Boburshoh ko‘chalari va yana 14 ko‘chada qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Shaharning bosh ko‘chasi – Navoiy shohko‘chasida ko‘p qavatli 16 uy-joy qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mustaqillik bayrami arafasida uning oltitasi foydalanishga topshiriladi. Milliy tiklanish va Istiqlol ko‘chalarida bunyodkorlik ishlari yakuniga yetdi.

Xalqimizda to‘yga to‘yona bilan degan naql bor. Shu ma’noda mamlakatimiz mustaqilligining 22 yillik shodiyonalari arafasida Andijon shahridagi ana shu ko‘chalarning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirlar xalq sayliga aylanib ketdi.

– Yoshim yetmishdan oshdi, – deydi mehnat faxriysi Odiljon Dehqonov. – Ochig‘i, shahardagi o‘zgarishlardan, bunyodkorlik ishlaridan aql shoshadi. Har qadamda o‘zgarish, yangi qurilish. Qisqa muddatda barpo etilayotgan bir-biridan ko‘rkam binolarni ko‘rib, bu kabi ulug‘vor ishlar tashabbuskori Prezidentimizga tahsinlar aytamiz.

Ko‘chalar bo‘yidagi 94 ob’yektda qurilish va ta’mirlash ishlari bajarildi. 80 savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurilib, foydalanishga topshirildi. Qisqa muddatlarda umumiy qiymati 126 milliard so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Shaharning bosh rejasiga asosan Saylgoh bo‘lishi rejalashtirilgan 750 metrli Istiqlol ko‘chasida 60 dan ortiq bino barpo etildi. Mazkur ko‘chada qad rostlayotgan har bir bino o‘ziga xos me’morchilik loyihasi asosida qurilayotgani e’tiborga molik. Ayniqsa, turli ko‘rinishdagi katta-kichik favvoralar ko‘zni quvontiradi.

Mazkur ko‘cha asfaltiga chizilgan turli rasmlar har qanday kishini mahliyo etadi. Yo‘lning ikki chetiga archa, kashtan singari manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazilib, maysali maydonlar, gulzorlar barpo etilmoqda.

– Milliy tiklanish va Istiqlol ko‘chalarini yoritish uchun 80 ustun o‘rnatilib, har bir ustunga manzarali yoritgich qo‘yildi, – deydi «Andijon shahar nur» korxonasi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat Ahmedov. – Eng asosiysi, barcha elektr simlari yer ostidan olib o‘tildi.

Istiqlolimizning 22 yillik to‘yi arafasida bo‘lib o‘tgan ushbu tantana taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakunlandi.

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2013-32)

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov ishtirok etdi.

O‘zA.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: