Yoshlar diqqatiga!
Diqqat!!!
Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning faolligini yanada oshirish maqsadida adliya organlari huzurida «Ishonch telefoni» xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Hurmatli yoshlar!
Agar Sizning huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa yoxud boshqa masalalar yuzasidan huquqiy maslahatga zarurat sezsangiz adliya organlari huzurida tashkil etilgan «1008» «Ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz mumkin.
Sizning huquq va manfaatlaringiz adliya organlari himoyasida!