Shoir nomi qalblarda mangu yashaydi

Muhammad Yusuf – el ardog‘idagi bulbulzabon shoir. Uning har bir satri xalqning qalbida mangu muhrlangan.

Shoir o‘z Vatanining har bir zarrasi, tabiati, tarixi, orzu-armonlari, har bir giyohini she’rga soldi. Muhammad Yusuf she’r qidirmas edi, balki she’r uni qidirib yurardi. Xalqona ohang, el dardi bilan yashash, uning kundalik ehtiyojiga aylangandi. Shoir uchun eng asosiysi, millatning mehri. Shu bois, uning she’rlarida sehr bor. Xalq mehri Muhammad Yusuf uchun eng katta mukofot. Bunday mukofotga hamma ijodkor ham sazovor bo‘lavermaydi.

Uning har bir she’ri kuyga solinib, xalq ning sevimli qo‘shiqlariga aylanib ulgurdi. Ona Vatan tarannumi uning har bir satrida o‘z aksini topdi. Qisqa muddat ichida Andijonda shoir byusti o‘rnatilgan xiyobon qurildi va uning oldidagi maktab Muhammad Yusuf nomi bilan ataldi. Bu esa muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning andijonliklarga, xususan, shoirga bo‘lgan chuqur ehtiromi ramzidir.

Muhammad Yusufni Andijonning qalbi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki xalq qalbidan joy olmoq uchun qancha mehnat, qancha zahmat chekilmaydi, deysiz. El qalbiga yaqin inson bo‘lish uchun esa ulkan iste’dod kerak. Ana shunday mahorat egasi bo‘lgan tabarruk inson bilan doimo faxrlanamiz.

 

Muattarxon TO‘RAXO‘JAEVA,

Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumta’lim

 maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Germanskoye obsh’estvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu (GIZ) GmbH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: