Kitob – saodatga eltuvchi yo‘l
Poytaxtimizdagi 112-umumta’lim maktabida “Kitob marafoni” tashkil etildi.
Marafonda barcha maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, ularga yurtimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan bir qancha qiziqarli kitoblar taqdim etildi.
Farzandlarimizni o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirish, bu orqali jamiyatimizda mutolaa madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu marafonda ishtirok etgan ota-onalar farzandlarining kitobga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘rib, behad mamnun bo‘ldi. Marafon doirasida iqtidorli o‘quvchilar, yosh kitobxonlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
Gulshanda MAHMUDOVA,
poytaxtimizdagi 112-umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi