Chorshanba – yong‘inlar profilaktikasi kuni

Respublika miqyosida haftaning har chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi kuni” deya e’lon qilinganidan xabaringiz bor.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad yong‘inlarning kelib chiqish sabablari, davlat standartlariga javob bermaydigan qo‘lbola isitish moslamalari, nosoz elektr qurilmalaridan foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yurtdoshlarimizga tushuntirishdan iborat.

Xalqimiz bejiz “olov – tilsiz yov”, demaydi. Boisi, uning oqibatida mamlakat iqtisodiyotiga, odamlar hayotiga jiddiy ziyon yetishi mumkin.

Afsuski, yong‘in kelib chiqishiga ko‘pchilik hollarda odamlarning o‘zi sababchi bo‘ladi. Kimningdir o‘z ishiga mas’uliyatsizligi tufayli sodir bo‘lgan yong‘indan nafaqat uning o‘zi, balki yon-atrofdagilar, qolaversa, davlatimiz ham katta moddiy va ma’naviy zarar ko‘radi.

Shu bois, aholi bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda yong‘inning ayanchli oqibatlari aniq misollar orqali ko‘rsatib berilmoqda. Bundan tashqari, yong‘inlarga olib keluvchi har qanday salbiy holatning oldini olish uchun amaldagi qoidalarga qat’iy rioya etishga har bir kishi mas’ul ekanligini esdan chiqarmaslik bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Bobur TURG‘UNXODJAYEV,

O‘zMTRK YOXB kichik inspektori, safdor

Yana o‘qing:  Surxondaryoda bir haftada 160 nafar bemor bola plastik jarrohlik operatsiyasi orqali sog‘lomlashtirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: