Minnatdorlik maktubi

Inson salomatligidan-da aziz ne’mat yo‘q. Ammo tan sog‘lig‘i o‘zining chin qiymatini ko‘rsatgandagina uning qadriga yetarkansan, kishi. Shunday kezlarda senga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan atrofdagilarga nisbatan yanada mehring ortishi shubhasiz.

Yaqinda “Farhod Madad” shifo klinikasining qo‘li yengil shifokorlari menda ana shunday tuyg‘ularning jo‘sh urishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, klinika rahbari Farhod Mirahmedov, bosh shifokor muovini Dilorom Muxtorova, shifokor-nevrolog Malohat Dadaboyeva, bosh hamshira Salima Uteeva, fizioterapiya bo‘lim shifokori Salima Sheraliyeva, hamshiralar Charos Satilxanova, Farog‘at Ashurova, Manzura Ahmedova, Gulnora Xojiyevalarga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Tilagim, xalqning dardiga malham bo‘lishdan hech tolmang. Fidoyi jamoa ishlariga omad va zafarlar tilayman!

 

Malohat NAZAROVA,

Qibray tumani

Yana o‘qing:  Tanganing ikkinchi tomoni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: