E’tiborni e’tirof etib
Ota-ona uchun hayotda farzandining salomatligi va uning kamolidan muhimroq xech narsa bo‘lmasa kerak. Jumladan, men ham bolalarimni baxtiyor bo‘lishini istayman. Afsuski, o‘g‘lim Jo‘raqulov Samariddin 8 oyligida baxtsiz hodisa tufayli qo‘l-oyoq sohalari kuyib qolgan edi. O‘g‘lim hozirda 9 yoshda. O‘tgan yillar davomida unga davlatimiz tomonidan qaratilgan e’tibor ko‘nglimga ancha taskin berdi. Mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy tibbiy nazoratda bo‘lib turishi uning tezroq sog‘ayishiga turtki bo‘lmoqda. Ana shunday e’tibor natijasida o‘g‘lim bu yil «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan loyihalar asosida Germaniyada bepul davolanib qaytdi. To‘g‘risini aytsam, Samariddinni uzoq mamlakatga jo‘natishga bir oz ikkilandim, lekin xorijdan qaytgan o‘g‘limning ahvoli yaxshilanganini ko‘rib to‘g‘ri qaror qabul qilganimni angladim.
Kuyish natijasida o‘g‘lim yig‘ilib qolgan barmoqlarini endilikda hech qiynalmay yozadi. Uning harakatlarini ko‘rib, onasi bilan ikkimiz nihoyatda quvondik. Samariddin davolashning navbatdagi bosqichini o‘tash maqsadida joriy yilning avgust oyida yana Germaniyaga jo‘nab ketadi.
Istiqlol tufayli ko‘plab xorijiy davlatlar bilan tibbiyot sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik va xayriya ko‘magidan bahramand ekanimdan minnatdorman. Shunday yurtda yashayotganimdan ko‘nglim cheksiz iftixorga to‘ladi.
Ziyodulla QODIROV,
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani