Shifokorlar malakasini oshirish uchun yangi markaz tashkil etildi

Toshkentda Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazi hamda Buxoro viloyatida uning sho‘basi ochildi. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorligida amalga oshirdi.

YUSAID o‘zining Sil kasalligiga qarshi kurashish dasturi orqali markazga video-konferensiya, axborot texnologiyalari va ofis uskunalarini taqdim etdi. Bu Toshkent shahridagi Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazidagi shifokorlarga Buxoro viloyat sil kasalliklari shifoxonasidagi hamkasblari bilan onlayn tibbiy maslahatlar o‘tkazish, sil kasalligiga aniq va tez tashhis qo‘yish, davolash maqsadida bilim va klinik tajriba almashish imkonini beradi. Shuningdek, Markaz mintaqaviy sil kasalliklari muassasalaridagi tibbiy xodimlar uchun masofaviy o‘qitish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Yana o‘qing:  Ko‘kka qadagaymiz Vatan bayrog‘in

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: