Oshirma xamirli ko‘k somsa
Zarur masalliqlar: 500 gr. ismaloq, 1 bog‘ shivit, 1 bog‘ ko‘k-piyoz, 2 bog‘ mator (mador)ko‘kati, 5-6 dona qaynatilgan tuxum, 150 gr. sariyog‘ va ta’bga ko‘ra tuz va murch.
Xamir uchun: 1 kg un, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq tuz, 3 oshqoshiq o‘simlik yog‘i, xamirturush.
Tayyorlanishi: oshirish uchun xamir qorilib, 45 daqiqa tindiriladi. Keyin hamma ko‘katlar mayda, tuxum esa to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralib, ustidan sariyog‘, tuz va murch solib, aralashtiriladi. Shundan so‘ng tayyor xamir kichik-kichik shaklda yoyiladi va ichiga masalliq solib, somsa tugiladi. Ustiga esa tuxum sarig‘i surtiladi. Qizdirilgan gaz pechida 180 daraja haroratda 20-25 daqiqa davomida pishiriladi.
MOHIM