O‘zbekistonning har bir viloyatida immunologiya instituti filiallari ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonning har bir viloyatida Fanlar akademiyasi Immunologiya institutining filiallarini ochish vazifasini qo‘ydi. Davlat rahbari ilm-fan namoyandalari bilan o‘tkazgan uchrashuvda mutasaddi rahbarlarga shunday vazifa berdi.

Immunologiya ilmiy markazi direktori Tamara Oripova ilm-fan namoyandalari yig‘ilishida so‘zga chiqib, immunologiya mavzusiga murojaat qildi va qandli diabet kasalligining “yosharayotgani”ga alohida e’tibor qaratdi:

– Immunologiya – eng ilg‘or salohiyatli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. So‘nggi besh yilda tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti berilgan kishilar asosan immunolog va genetik olimlardir. Institutimiz Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi va biz 30 yildan ortiq vaqt davomida turli kasalliklarda immun tanqisligi muammolari bilan shug‘ullanyapmiz. Institutimiz xodimlari Yaponiya, Angliya, Irlandiya, Islandiya, Fransiyadagi yetakchi immunologiya markazlarida ta’lim olib qaytishgan.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: