Tafakkur sandig`i (2013-31)

Hunar o'rgan, chunki hunarda ko'p sir,

Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.

Nizomiy Ganjaviy

To'g'ri bo'l, to'g'ri yur, to'g'ri nom qozon,

To'g'ri desin seni har bitta inson.

To'g'rilik to'nin kiy, egrilikni qo'y,

To'g'rilik to'nidan huzur topar jon.

Adib Ahmad Yugnakiy

Maqsad sari eltar asli himmat kishini!

Jaloliddin Rumiy

Yosh har qancha bo'lsin ishda g'ayratli,

Ko'p ko'rgan keksaning ishi ibratli.

Amir Xusrav Dehlaviy

Bir deganni ikki demak xush emas,

So'z chu takror topdi, dilkash emas.

Alisher Navoiy

Яна ўқинг:  SALOMATLIK FORMULASI

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: