Jamg‘arma faoliyatidan (2013-31)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamg‘armaning tibbiy- ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Taxtako‘pir tumani “Dao‘kara” qishloq vrachlik punktida 160 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida «Qizlar gigiyenasi», «OIV infeksiyasi to‘g‘risida bilasizmi?» mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Toshkent viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Chinoz tumanidagi 25 ta mahallada tibbiy ko‘riklar amalga oshirildi. Tibbiy ko‘rik bilan bir qatorda aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish mavzusida davra suhbatlari ham o‘tkazildi.

Andijon viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Qorasuv shahar hokimligi bilan hamkorlikda Qorasuv shahar Markaziy poliklinikasida «Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda 42 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Viloyat xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi bosh­qarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligiga bag‘ishlab Navoiy shahar Yoshlar markazida «Mustaqillik mening nigohimda» shiori ostida «Mehribonlik» uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida ko‘rgazma tashkil etildi. Tadbirda 153 nafar bolalar ishtirok etdi.

Jizzax viloyati jamg‘armaning tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan Zomin tumanidagi “Quduqcha” qishloq vrachlik punktida jami 140 nafar o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida nikoh yoshiga yetmagan qizlarni sha’riy nikoh orqali erta turmushga berish xolatlarining oldini olish, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Abbosjon ERGASHEV,

«Sog‘lom avlod uchun» jam­g‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Yosh futbolchilarimiz g‘alabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: