Xerardo Martino: Salom, «Barselona»!

Kataloniyaning «Barselona» klubi rasmiy sayti «Nyuells Old Boyz» klub sobiq argentinalik bosh murabbiyi Xerardo Martino jamoa bosh murabbiy etib tayinlanishini rasman ma’lum qildi.

Ma’lumki, sobiq bosh murabbiy Tito Vilanova kasali tufayli iste’foga chiqqach, 50 yoshli murabbiy Xerardo Martino yaqin vaqt­lar ichida «Barselona»ga yetib keladi va klub bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.

«Menga Martino judayam yoqadi. U juda yaxshi mutaxassis. Uning boshqaruvidagi barcha jamoalar yaxshi o‘yin ko‘rsatishadi. U o‘yinni yaxshi tashkil qiladi va futbolchilar orasida hurmatga ega», – deya ta’kidladi klub hujumchisi Leonel Messi. – jamoani Martino boshqarishi men uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldi».

Feruza QOBILOVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  Mitti kompyuterga aylangan quloqchin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: