Yaxshi yil bahoridan ma’lum…

Xalqimiz azaldan Navro‘z ayyomida o‘tkaziladigan marosim va milliy o‘yinlarning ramziy ma’nosi bor, deb bilgan. Bu kunda qilingan ezgu tilaklar, albatta, ro‘yobga chiqadi, deya ishonishgan.

Mirishkor dehqonlar Navro‘z arafasida yetti taxtacha ustiga bug‘doy, arpa, sholi, jo‘hori, tariq, javdar, mosh kabi donli ekinlarning urug‘larini yoyib, har kuni suv sepib turganlar. “Qozon to‘ldi” kuni ana shu donlarning unishiga qarab, kelayotgan mavsumda qaysi ekindan mo‘l hosil olish mumkinligi chamalangan. Ushbu odat dastlab Sosoniylar davrida shoh saroyida o‘tkazilgan bo‘lib, yangi yilning qanday kelishini oldindan taxmin qilganlar.

Navro‘z bayrami nishonlanadigan kun – 21 mart haftaning qaysi kuniga va qaysi muchalga to‘g‘ri kelishiga qarab ham kelgusi yil to‘g‘risida turli taxmin, bashoratlar qilingan. Shu kuni sumalak, halim, darveshona osh kabi maxsus taomlar ulkan qozonlarda pishirilgan. Qozon qancha katta va unda pishirilayotgan taom qancha ko‘p bo‘lsa, yil yaxshi keladi, deb ishonishgan.

Bayram dasturxonlarining bezatilishi xo‘jalik mashg‘ulotlari bilan ham bog‘liq bo‘lgan. Masalan, dehqonlarning dasturxoni ziroatchilik ne’matlari bilan to‘lsa, chorvadorlarning dasturxonini go‘sht va sut-qatiq mahsulotlari egallagan.

Uy bekalari bu kunda har yilgi odatlariga ko‘ra “uy ko‘tardi”, ya’ni xonadondagi gilam, ko‘rpa-to‘shaklarni tashqariga olib chiqib yoygan, hammayoqni supurib, qishi bilan isinishga mo‘ljallangan pechka va sandallarni tashqariga chiqargan. Shu kuni tanadagi bodni quvish uchun marosimiy o‘rik turshagidan tayyorlangan sharbat ichilgan.

 

Manzuraxon UMAROVA,

Farg‘ona viloyatidagi 21-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Polvon qadrini baland tutsin!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: