Minnatdorlik maktubi

Ko‘p yillardan buyon yurak xastaligidan aziyat chekaman. Shu kunga qadar yurtimizdagi ko‘plab shifoxona va klinikalarda davolandim, lekin hech ahvolim yaxshilanmadi. Ko‘p tanishlarim Hindistonga borib, yuragimni operatsiya qildirib kelishimni maslahat berdi, lekin buning uchun pul qayoqda, deysiz.

Shukurki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Xorijlik shifokorlar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi.

Bir kuni yaqinlarim ushbu markazning kardioxirurgiya bo‘limida xorijlik Mustafo Abdurahmon ismli malakali shifokor faoliyat olib borayotgani, yurak ishemik kasalligi – stenokardiyani muvaffaqiyatli operatsiya qilayotganligi, natijasi juda yaxshi ekanligini aytib qoldi. Tezda shifokor qabuliga keldim va zarur tekshiruvlardan o‘tdim. Mustafo Abdurahmon bilan suhbatlashganimda uning o‘z ishining ustasi ekanligiga ishonch hosil qildim. Shifokorning samimiyligi, kamtarligi, yuksak bilimidan hayratlandim.

Mustafo Abdurahmon operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. U nosog‘lom yurak tomirlarimni sog‘lom tomirlar bilan almashtirdi. Jarrohlik amaliyoti vaqtida narkozni professor Visola Hamzayeva shogirdlari bilan amalga oshirdi. Davolanish jarayonida kardioxirurgiya bo‘limidagi tartib intizom, ustoz-shogirdlarning o‘zaro munosabati meni lol qoldirdi.

Fursatdan foydalanib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ana shunday malakali xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda aholi salomatligi yo‘lida samarali mehnat qilayotgan fidoyi shifokorlarga, jumladan, A. Hayitovga hamda kardioxirurgiya bo‘limining barcha xodimlariga chuqur minnatdorligimni bildiraman.

 

Rashid ELBOYEV

Yana o‘qing:  Afinada o‘tgan “FOOD EXPO GREECE – 2018” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ilk bor ishtirok etdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: