Til bilgan tarjimon degani emas

Ko‘hna va madaniyatga boy xalqimiz o‘zining necha ming yillik tarixiy tajribasiga asoslanib, “Til – dil kaliti”, “Til bilgan el biladi”, kabi qator hikmatlarni bot-bot kelgusi avlodlarga uqtirib kelgan.

Ajdodlarimizning boshqa xalqlarga bo‘lgan qiziqishlari, savdo-sotiq munosabatlari, tarjima sohasining rivoj topmagani bois, ularni chet tillarini o‘rganishga undagan. Asarlarni o‘z tilida o‘qish natijasida esa ular o‘zlari uchun “yangi dunyo” ocha boshlashgan, o‘sha xalqning tarixi, adabiyoti, san’ati hamda madaniyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.

Ayni vaqtda esa biz deyarli barcha asarlarning o‘zbekchalashtirilgan nashrlarini o‘qiymiz. Albatta, bu bugungi kun tarjimonlik maktablarining rivoji samarasi. Ammo nega biz ushbu asarlardan umuminsoniy g‘oyalarni “ha” deganda anglay olmaymiz? Nega qadimda insonlar o‘z ismi kabi yod olgan jahon adabiyotining durdona asarlari bugun hatto, ilm ahli orasida ham u qadar e’tirof etilmayapti? To‘g‘ri, asar g‘oyatda mashhur ekanini bilamiz, lekin nima uchundir mahorat bilan yozilmagandek tuyuladi. Boisi, har bir tilning boshqa hech qaysi tilda uchramaydigan o‘ziga xos jilosi, so‘z boyligi mavjudki, ularni boshqa tilga tarjima qilish mutlaqo ilojsiz. Buni amalga oshirgan taqdirda ham u o‘girish jarayonida o‘z nozik ma’nosi, qiymatini qisman yo‘qotadi. Xususan, o‘zbek tilidagi “ma’naviyat” so‘zini to‘g‘ridan to‘g‘ri ingliz tiliga tarjima qilib bo‘lmaydi. Ruhiyat ma’nosini ifodalaydigan “spirituality” so‘zi “ma’naviyat” tushunchasi uchun ham ishlatiladi. Vaholanki, “ruhiyat” va “ma’naviyat” tushunchalari bir-birini ma’no jihatidan to‘ldirishi mumkin bo‘lgan alohida so‘zlardir.

Yoki ingliz tilidagi “phrasal verbs”, ya’ni “iborali fe’llar” xususida so‘z yuritadigan bo‘lsak, ularning tarjimasida ham qator farqlarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, ingliz tilidagi birgina “get off” fe’lini olsak, uning “jazodan qochmoq”, “katta transport vositalaridan tushmoq” (engil avtomobillardan emas), “yo‘lga otlanmoq”, “tugatmoq”, “xat yozmoq yoki jo‘natmoq”, “latifa aytmoq” va shu kabi qator ma’nolari mavjudligi sababli gapda uning qaysi o‘rinda kelganini aniqlab olish g‘oyatda muhim. Agar “I got off my trip” gapini tarjima qilsak, “get off” fe’lining yuqorida berilgan ma’nolaridan kelib chiqqan holda, uni quyidagicha tarjima qilish mumkin: “Men sayohatga otlandim”, “Men sayohatni yakunladim”. Bu gaplar ma’no jihatidan bir-biriga mutlaqo zid. Bu yog‘i esa mutarjimning mahoratiga bog‘liq. Lekin o‘zbek adabiyotidagi shakldosh so‘zlar vositasida yuzaga keladigan tuyuq janri yoki iyhom san’ati kabi yuqoridagi shakldosh so‘zlar vositasida amalga oshirilgan biror so‘z o‘yini bo‘lsa, u tarjima jarayonida o‘z mohiyati va jilosidan yiroqlashadi va kitobxon yozuvchi anglatmoqchi bo‘lgan ma’noni tushunib yetmaydi.

Yana o‘qing:  Bilasizmi…

Darhaqiqat, tarjima ham yarim ijoddir. Shunday ekan til bilgan tarjimon degani emas.

 

 Saida ERGASHEVA,

O‘zMU xorijiy filologiya fakulteti talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: