Mavsum yakuni bayramga ulanib ketdi

Yaqinda Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Tibbiy-ijtimoiy markazida «Sog‘lom avlod» kunduzgi sog‘lomlashtirish markazining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Barchamizga ma’lumki, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning salomatligini tiklashga qaratilgan dasturlari bo‘yicha tibbiy, xayriya va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu bilan birga kam ta’minlangan oila farzandlarining ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida yozgi va qishki oromgohlarni tashkil etmoqda. Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy markaz qoshida tashkil etilgan «Sog‘lom avlod» kunduzgi bolalar sog‘lomlashtirish markazida Toshkent shahrida yashovchi 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini yozgi mavsumda maroqli dam olib, o‘z sog‘liqlarini tiklashiga shart-sharoit yaratib berish ham ana shunday xayrli ishlarning uzviy davomidir

Ushbu sog‘lomlashtirish kunlari uch smenadan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsumga Toshkent shahrining Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi 50 nafar bolalar jalb etilgan bo‘lsa, nav­batdagi mavsumga Olmazor tumanidan bolajonlar tashrif buyurdi. Uchinchi mavsumda Chilonzor tumanida yashovchi 42 nafar bola sog‘lomlashtirildi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bolajonlarimiz mazkur sog‘lomlashtirish kunlari davomida ko‘ngilli dam olishlari uchun oromgohda turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari, davra suhbatlari hamda ko‘ngilochar bog‘larga, muzey, «Hayvonot bog‘i», kino va tea­trlarga sayyohatlar uyushtirishdi.

– Bolajonlarimiz uchun tashkillashtirilgan an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan mazkur sog‘lomlashtirish kunlari nihoyatda sermazmun va taassurotlarga boy tarzda o‘tkaziladi. Buni biz bolajonlarimizning yuz-ko‘zlaridan ang­laymiz. O‘ylaymizki, bundan e’tibor va mehrdan kamol topayotgan bolajonlar albatta kelajakda yurt koriga yaraydigan inson bo‘lib ulg‘ayadi, – deydi Chilonzor tumani tayanch maskani rahbari Yodgora Usmonova.

Mazkur sog‘lomlashtirish markazining yopilish marosimida O‘zbek davlat sirkining bir guruh mahoratli aktyorlar va el sevgan san’atkorlar tashrif buyurib bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashishdi.

M.TOLIPOVA,

«Sog‘lom avlod» muxbiri

Yana o‘qing:  Tafakkur sandig‘idan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: