Qo‘l to‘pi tez va aniq fikrlay olishga o‘rgatadi

Qo‘l to‘pi (gandbol) – Daniyada kashf etilgan sport turi bo‘lib, u bilan dastlab qiz bolalar shug‘ullangan. Hozirga kelib, gandbol nafaqat qizlar, balki o‘g‘il bolalarning sevimli mashg‘ulotidir.

Qo‘l to‘pi o‘yini insonning jismoniy kamolotida muhim bo‘lgan 5 ta asosiy jihat (tezlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik va kuch)ni o‘zida jamlagan. Bugun o‘zim faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ko‘plab qizlar ushbu sport bilan muntazam shug‘ullanadi.

Bugun tezkor axborot asrida yashayapmiz. Internet allaqachon hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurdi. Kam harakatlilik, virtual voqelikka mukkasidan ketish, afsuski, barcha qatori talabalar orasida ham uchrab turadi. Bu bilan yoshlarimizni axborot telekommunikatsiya vositalaridan cheklab qo‘yish kerak, degan fikrdan yiroqman. Aksincha inson jismonan sog‘lom, ruhan tetik bo‘lsagina u jamiyatimiz rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladi. Odam harakatlanishdan to‘xtadimi, uning tanasida qandaydir dard paydo bo‘ladi. Kam harakatlilik turli kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Sport, jumladan, gandbol ushbu muammolarni bartaraf etishga katta yordam beradi.

Qo‘l to‘pi seksiyalari, ayniqsa, qizlar to‘garaklari yurtimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida yo‘lga qo‘yilsa, bu orqali jamiyatimizda sog‘lom ayollar safi kengayishiga zamin yaratiladi.

Shu o‘rinda sport to‘garagini tashkil qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida to‘xtalib o‘tsak.

Avvalo, murabbiy talabalarni bu o‘yinga qiziqtira olish zarur. Qolaversa, gandbolchi qizlarda qaddi-qomatning chiroyli bo‘lishini hayotiy misollar orqali tushuntirish, ushbu sport turi nafaqat oddiy o‘yin, balki tez fikrlay olish va to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi hayotda kerak bo‘ladigan xislatlarni o‘stirishga yordam berishini ta’kidlash joiz.

Amaliy mashg‘ulotlar qismlarga bo‘lingan holda o‘tiladi. Mashg‘ulotlarni yengil yugurish mashqlaridan boshlab, asta-sekin murakkablashtirib borish maqsadga muvofiq. Bu orqali ezgu maqsadlar sari ildam qadam tashlagan bo‘lamiz.

 

Akmal XOLIQOV,

O‘zDJTU Jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Bodringli salat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: